Nima uchun boshliqlar o'z ishchilarini kamsitishadi?
Joylandi: 05.12.2016 | 22:38
Ko'pchilik insonlar faoliyati mobaynida bir marotaba bo'lsa ham boshlig'ining xaqoratlashiga chidashga majbur bo'lgan (yoki chidamagan). Yuqori lavozimni egallaydigan insonlarda ushbu xulq-atvorni nima yuzaga keltiradi?
Boshliqlar tajavvuzkorligi to'g'risida olib borilgan tadqiqotlardan biri shuni ko'rsatdiki, ehtimol bunga sabab insonning o'z kasbiy mahoratiga ishonmasligidir. Bunday xulosani AQShning Kaliforniya universiteti olimlari ta'kidlashmoqda. Ular odamlar o'rtasida o'tkazgan so'rovda o'z kasbiy mahoratiga ishonmaganlar tajavvuzkor deb ta'riflashdi, layoqatligiga ishonganlar esa o'zini osoyishta his etishini ma'lum qilishdi.
Tadqiqotchilar tajavvuzkorlikning asosiy sabablari sifatida, bolalikdagi muammolar, baxtsiz oilaviy hayot, hayot qiyinchiliklariga duch kelish, ishda kamsitilish tufayli jabrdiydadan zulmkorga aylanish istagi, qo'pol muomalani boshqaruv usuli sifatida ko'rish va o'ziga nisbatan boshqalar tomonidan yomon munosabatda bo'lishlarini hoxlashni ko'rsatishmoqda. Bu haqda life xabar beradi.