Logotype
Главная | Регистрация | Вход Shanba, 28.03.2020, 13:46


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

10:57

Nimani qisgan boy bo‘ladi?


Joylandi: 15.02.2020 | 10:57

Qo‘shning ko‘r bo‘lsa, ko‘zingni qis, degan maqol bor. Buning zamirida hamsoyaga nisbatan hurmat yotadi. Ya’nikim, so‘qir qo‘shni oldida ko‘zlaring moshdek ochiq ekanini pisanda qilaverma, uning dili og‘rishi mumkin. Illo, bu – qo‘shni o‘g‘ri bo‘lsa, qilmishiga ko‘zingni yum, degani emas. Eng dahshatlisi – o‘sha qo‘shni muhofazasiga o‘zing mas’ul bo‘lgan resursni o‘marayotgan bo‘lsa-chi?

Dang‘arada nomi jimjimador tadbirkorlik sub’ekti bor: «Obod mahalla ko‘makchisi» MCHJ! Mazkur korxona mutasaddilari mahalla obodligi uchun qanday karomat ko‘rsatgani noma’lum, ammo barbodligiga «munosib hissa» qo‘shganining ehtimoli katta.

Qanday qilib? Xullas, Dang‘ara tumanidagi «Sanam» mahalla fuqarolar yig‘ini, Ko‘nchiboy qishlog‘ida faoliyat yuritayotgan mazkur tadbirkorlik sub’ekti rahbari A Yuldashevga tegishli ohak sexi bor. Mazkur sex «Dang‘ara-2» sanoat kollektoridan Buvayda tumaniga tortilgan yuqori bosimli gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib, gijabang ishlayvergan. Bu hol Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Dang‘ara tumani xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda ochilib qolsami?!

Holatga oydinlik kiritilganida «Obod mahalla ko‘makchisi» MCHJ va «Hududgaz Farg‘ona» MCHJ o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha hech qanday shartnoma tuzilmagani, gaz yetkazib berish bo‘yicha murojaat ham qilinmaganligi, ohak ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish uchun hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlari-da mavjud emasligi va gaz hisoblash uskunasi ham yo‘qligi aniqlandi!

Bu hali hammasi emas. Hech qanday hujjatsiz ishlatib kelingan mazkur sexning devor qo‘shnisi kim ekan deng?!

«Hududgaz Farg‘ona» MCHJ «Dang‘aratumangaz» filiali rahbari X.Rustamov!
«Raygaz» rahbari shundoq biqida tabiiy gaz ayovsiz o‘marib kelinayotganini bilmasmidi?

Bu savolga tergov jarayonida aniqlik kiritiladi, nasib... Negaki, holat yuzasidan allaqachon jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Nega jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasin, axir ohak ishlab chiqarish sexi davlatga naqd 1 mlrd. 131 mln. 133 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazib ulgurgan ekanda?!

Ayni holatga nisbatan yuqoridagi maqolni tatbiq etib bo‘ladimi? Albatta, yo‘q. Biroq ayrim mansabdorlar o‘g‘rilikni ko‘rib, boshqa maqolga amal qilganmikan-a: ko‘zni qisgan boy bo‘ladi!
Категория: Boy bo'lish uchun / Pulni ko'paytirish | Просмотров: 293 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Рекомендуемы
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт