Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 19:33


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

14:46

Noyabrda O‘zbekistonda birinchi mobile-only konferensiyasi bo‘lib o‘tadi


Joylandi: 27.09.2016 | 14:46

O‘zbekiston uchun mobil sohasidagi noyob MobiCon konferensiyasi mobile-marketing yo‘nalishidagi muvaffaqiyatli misollar, yechimlar va mutaxassislarga o‘zlari qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatini beruvchi birinchi maydonchaga aylanadi.
MobiCon 2016
MobiCon 2016xalqaro mobile-only konferensiyasi 2-noyabrda International Hotel Tashkent (sobiq Intercontinental) mexmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyaning asosiy mavzulari:
– smartfonlar va portativ uskunalar;
– virtual reallik;
– mobil texnologiyalar va telekom;
– trendlar;
– mobil marketing va reklama;
– reklama monitoringi va bozorni o‘lchash;
– mahalliy mobil xizmatlar;
– messenjerlar va chatbotlar;
– mobil kontent \ OAV;
– mobil tijorat.
Konferensiyada Green PR SMM agentligining bosh direktori Damir Xalilov, Dentsu Aegis Network Kazakhstan rahbari Viktor Yeliseyev, Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov, Odnoklassniki.ru xalqaro biznesni rivojlantrish bo‘yicha menejeri Aleksey Kashevarov, “Yandeks” mobil loyihalari rahbari Nikita Fominov, UFOX digital-agentligi rahbari va OMAR itnernet-do‘koni asoschisi Aleksey Kupreyev, Rocket ta’lim markazi va UFOX SMM agentligi hammuassisi Sergey Serdyukov, Brand.uz direktori Alisher Yusupov, Ucell yangi texnogiyalari guruhi rahbari Rustam Hamdamov, SmartLab rahbari Alisher Elmurodov, Zefir VR rahbari Shaxruz Ashirov, PizzaGame rahbari Maksim Shikov va Global Solutions rahbari Giorgiy Amiranashvilli ishtirok etadi.
Tashkilotchi — Ledokol Group, bosh homiy – Beeline Uzbekistan, homiylar – Click mobil banking tizimi va International Monitoring Group, bosh axborot hamkori Mail.ru Group, strategik hamkor — Uzinfocom axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi.
Konferensiyaga kirish taklifnomaga asosan. Taklifnomalarni http://mobicon.uz/saytida bepul ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng olish mumkin.
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.
manba:daryo.uz
Категория: Tehnologiyalar | Просмотров: 867 | Добавил: αzιzshox95 | Рейтинг: 5.0/5

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт