Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 05.08.2021, 07:41


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

00:02

O‘zbekiston fuqarolari karantinda qaysi davlatlarga vizasiz chiqa oladi?


Joylandi: 10.07.2021 | 00:02

Hozirda koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston fuqarolari 20 ta davlatga vizasiz chiqish imkoniyatiga ega ekani haqida Passport Index – Global Mobility Intelligence xabar bermoqda. O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga karantin davrida vizasiz chiqa oladi: Antigua va Barbuda (180 kunga), Armeniya (10 kunga), Barbados (28 kunga), Belarus, Dominika (21 kunga), Ekvador (21 kunga), Gambiya (90 kunga), Gruziya (360 kunga), Gaiti (90 kunga), Qozog‘iston (30 kunga), Qirg‘iziston (60 kunga), Moldova (90 kunga), Falastin hududi, Rossiya (90 kunga), Sent-Vinsent va Grenadinlar (30 kunga), Tojikiston (30 kunga), Turkiya (30 kunga), Tunis va Ukraina. Quyidagi davlatlar esa COVID-19 sababli O‘zbekiston uchun yopiq: Argentina, Avstraliya, Ozarbayjon, Bangladesh, Belgiya, Bruney, Kombodja, Kamerun, Kanada, Chili, Kipr, Chexiya. Daniya, Fidji, Gretsiya, Gonkong, Vengriya, Hindiston, Indoneziya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Quvayt, Laos, Lyuksemburg, Makao, Malayziya, Malta, Marshal orollari, Mikroneziya, Mongoliya, Nepal, Yangi zelendiya, Filippinlar, Polsha, Portugaliya, Qatar, San-Marino, Singapur, Solomon orollari, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Tayvan, Tailand, Timor-Leshti, Turkmaniston, Urugvay, Vatikan. Vetnam. Ma’lumot o‘rnida, qo‘shni Qirg‘iziston davlati fuqarolari quyidagi davlatlarga vizasiz chiqish imkoniyatiga ega: Antigua va Barbuda, Armeniya, Barbados, Belarus, Dominika, Ekvador, Gruziya, Gaiti, Qozog‘iston, Moldova, Mongoliya, Namibiya, Palestina hududi, Rossiya, Serbiya, Sent-Vinsent va Gradinlar, Tojikiston, Tunis, Turkiya, Ukraina va O‘zbekiston. Xabaringiz bor "Henley Passport Index" konsalting kompaniyasi 116 ta davlat pasportlarini solishtirib, yangi reytingini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 91-o‘rinni egallab turibdi. Bu joriy yilning 2-choragiga qaraganda 6 pog‘ona past ko‘rsatkich. Yangi reyting tahlilidan ma’lum bo‘lishicha, amalda bo‘lgan sayohat cheklovlari bois, hozirda pasportlarning farqi bo‘lmay qolgan. Pandemiya davriga kelib, dunyoning pasporti eng qudratli bo‘lgan davlat fuqarolari ham bugungi kunda 70 ta davlatga borish imkoniga ega. Dunyoda eng qudratli pasport Yaponiya pasporti hisoblanadi. Yaponiya fuqarolari pandemiyaga qadar pasporti bilan 193 davlatiga vizasiz borishlari mumkin edi. Ammo, karantin cheklovlari sabab, bu pasport bilan bugun yaponiyaliklar amalda bor-yo‘g‘i 75 ta davlatga chiqa oladi. Shuni aytib o‘tish joizki, dunyoning eng qudratli Yaponiya pasportining kuchi hozir deyarli Qozog‘istonniki bilan tenglashib qolgan. Pandemiyagacha bo‘lgan vaqtda, Singapur pasporti fuqarolariga dunyoning 192 davlati eshiklarini ochgan. Hozir esa, bu mamlakatlarning soni atigi 70 taga tushib qolgan. Shu bois, Singapur pasportining kuchi Dominikan Respublikasi pasporti bilan tenglashgan. Buyuk Britaniya pasportining bugungi kuchi esa O‘zbekistonniki bilan tenglashgan. Bu pasport bilan bora olish mumkin bo‘lgan davlatlar soni ayni damda 60 ga ham yetmaydi. Diyora Abdurahmonova Manba:http://www.qalampir.uz
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 53 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: O‘zbekiston fuqarolari karantinda q | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт