Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 19.01.2020, 23:43


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

21:21

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi OAV va internetni tun-u kun monitoring qiladi

Joylandi: 04.11.2017 | 21:21

Vazirlar Mahkamasi “Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzoladi, deb yozadiUzDaily.

Hujatga muvofiq, O‘zbekiston IIV tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish xizmati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmalari matbuot guruhlari negizida matbuot xizmati tashkil etiladi.
Matbuot xizmati tizimida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tuziladi. Ushbu boshqarma boshlig‘i lavozimiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi hisoblanadi.
Matbuot xizmati tizimiga “O‘zbekiston Respubliki Ichki ishlar vazirligining “Postda” — “Na postu” gazetalari va “Qalqon” — “Shchit” jurnallari birlashgan tahririyati kiradi.
Qarorda ta’kidlanishicha, IIV matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmog‘i materiallarini tun-u kun monitoring va tahlil qilishni ta’minlaydi, noto‘g‘ri xabar yoki ichki ishlar organlari obro‘siga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildiradi.
2017-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan jinoyat va voqealarni o‘z vaqtida va ishonchli yoritish tartibini tasdiqlanadi, shu jumladan, ichki ishlar organlarining mazkur masalalar bo‘yicha vakolatli mas’ul xodimlarining efirga chiqishlari tashkil etiladi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 1181 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: vazirligi, tun-u, OAV, VA, Ichki, ishlar, monitoring, kun, internetni, O‘zbekiston | Рейтинг: 5.0/6

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт