Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 28.01.2020, 17:29


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

21:14

O‘zbekistonda 6-dekabrdan yana sovuq tushishni boshlaydi


Joylandi: 05.12.2019 | 21:14

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 6-dekabr, juma kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi, 12—17 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7—9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4—9 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5—10 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga yaqin ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 301 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт