Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 07.04.2020, 10:59


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

10:23

O‘zbekistonda Ai-80 dan boshqa barcha benzin narxlari pasayishi mumkin


Joylandi: 25.03.2020 | 10:23

O‘zbekistonda Ai-91, Ai-92 va Ai-95 markali benzinlarning narxi 200 so‘m yoki 3 foizga pasayishi kutilmoqda. Bu haqda, neft va gaz sohasidagi manbaga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Yangi narxlar 29-martga qadar (boshqa manbalarga ko‘ra, 25-mart kuni) e’lon qilinishi kutilmoqda. Manbaning qayd etishicha, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi yoqilg‘ining aholi uchun xamyonbopligini oshirish maqsadida shunday qaror qabul qilgan. Ayni vaqtda, kelgusida narxlarga koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida iste’molchilarning yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojining o‘zgarishi ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Yoqilg‘i narxining kelgusida ehtimoliy pasayishiga ta’sir qiluvchi yana bir omil — taklifning talab hajmidan ortib ketgani. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar—fevral oylarida avtobenzin ishlab chiqarish hajmi 2019-yilning shu davrga nisbatan 25,5 foizga — 151,6 ming tonnadan 190,3 ming tonnagacha oshgan. Talab esa, aksincha, nisbatan past sur’atda o‘smoqda.

Hozirgi kunda Ai-80 markali benzin narxi 4500 so‘m, Ai-91 — 5800 so‘m, Ai-92 — 6200 so‘m, Ai-95 esa 6 585 so‘m. Manbaning qayd etishicha, Ai-80 markali eng arzon benzin narxi o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, aprel oyida dizel va EKO dizel yoqilg‘ilarining narxi ham pasaytirilishi mumkin. Oldinroq import qilinadigan dizel narxi 7500 so‘mdan 7300 so‘mga pasaygan edi.

O‘zbekistonda avtomobil benzini (Ai-80, Ai-91, Ai-92 va Ai-95) va dizel yoqilg‘isi Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi.

Oldinroq hukumat tomonidan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga mustaqil ravishda o‘z mahsulotlarining (Ai-80, Ai-91, Ai-92 benzinlari, B-92, mazut, dizel yoqilg‘isi, motor moylari, bitum va boshqalar) narxlarini belgilash huquqi berilgan edi. Bundan tashqari, Indoneziyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan PT Trans Asia Resources kompaniyasi bilan ushbu zavodning sotuvi borasida kelishuv imzolangan.

Avvalroq Toshkentda koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirila boshlagach, poytaxtdagi yoqilg‘i quyish shoxobcha (AYoQSh)larida tirbandliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik karantin tufayli AYoQShlar yopilishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” va “O‘ztransgaz” kompaniyalari hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan rad etildi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 115 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: O‘zbekistonda Ai-80 dan boshqa barc | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт