Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 19.01.2020, 06:21


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

22:25

O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘irli ob-havo bo‘ladi


Joylandi: 09.12.2019 | 22:25

9-dekabr, dushanba kuni Turkmaniston hududidan nisbatan nam va iliq havo oqimlari kirishi ta’sirida kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kechga borib kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar beradi O‘zgidromet.

Xabar berishlaricha, shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15—20 metrga yetishi mumkin. Kunduzgi harorat 14—19 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublika hududida 10-dekabr, seshanba kuni yomg‘ir yog‘ib o‘tadi, shimolda yoqqan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Mamlakat hududining katta qismida harorat foni nisbatan iliq bo‘lib, kechasi 2—7 daraja, kunduzi 12—17 daraja iliqni tashkil qiladi, shimolda haroratning kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3—8 daraja iliqqacha pasayishi kuzatiladi.

11-dekabr, chorshanba kuni Kavkaz hududidan sovuq havo kirishi bilan ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchayadi. 12—14-dekabrda ob-havoning beqarorligi saqlanadi, ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik, faqat mamlakatning shimoli-g‘arbiy tumanlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Sovuq antitsiklon ta’sirida shu kunlarda havo harorati asta pasayib, kechasi 0—3 daraja, kunduzi 8—11 daraja iliqqacha tushadi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.

O‘tgan dam olish kunlari mamlakat aholisi tuman hodisasini kuzatdi. Mintaqada tuman hosil bo‘lishiga o‘tgan yog‘inlar bilan namlangan iliq tuproqqa sovuq havoning asta-sekin oqib kelishi asosiy sabab bo‘ladi. Tumanlar asosan yilning sovuq davrida noyabrdan aprelgacha kuzatiladi, ular ko‘proq dekabr-yanvar oylarida takrorlanadi.

Asosan kechki, tungi va ertalabki soatlarda kuzatiladigan tuman quyosh chiqishi va harorat bir oz ko‘tarilishi bilan tarqalib ketadi.

Tumanlarning davomiyligi har xil. Asosan 3 soatgacha davom etadigan tumanlar kuzatiladi. 12 soatdan ortiq davom etib, meteorologik ko‘rinuvchanlik 50 metr va undan kam bo‘ladigan holatlar xavfli ob-havo hodisalariga kiradi. Bunday holatlar aviatsiya va yer usti yo‘l transporti uchun xavf tug‘diradi.

O‘tgan kunlarda aynan shunday sharoitlar kuzatildi. Dekabrning birinchi besh kunligida qishga xos bo‘lmagan quyoshli ob-havo kuzatildi, harorat 10—12 daraja iliqni tashkil qilib, tuproqning isishiga keldi. 6-dekabrda esa Kaspiy dengizi tomondan kelgan antitsiklon natijasida havo aynib, yog‘ingarchilik bo‘ldi. Harorat foni me’yorlargacha tushdi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 133 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘i | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт