Ziyo-Music.Com
Shanba, 17.08.2019, 20:18
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 6515
Статистика

Xozir saytda: 62
Mexmonlar: 61
Foydalanuvchilar 1
ZIYO_MUSIC

12:20

O‘zbekistonda xorij seriallarining "daftari" yopildi. O'rnini nima to'ldiradi?


Joylandi: 05.08.2019 | 12:20

Bundan buyon O‘zbekiston telekanallarida xorijiy seriallar kuniga bittadan ko‘rsatila boshlaydi. Bu orqali mahalliy telekanallarda milliy seriallarni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Chet el seriallari namoyishi kamayishi bilan ular o‘rnida bo‘shliq paydo bo‘lishi mumkin. Lekin o‘zbek kinosanoati bo‘shliqni to‘ldirishga qodirmi?

O‘zbekistonda xorij seriallarining "daftari" yopildi. O'rnini nima to'ldiradi?
Bir asrdan ko‘proq vaqt oldin ixtiro qilingan kino bugungi kunda hayotimizga kirib keldi va jamiyatimizda mustahkam o‘rin egalladi. Bolaligidan yaxshi kino odamlarni fikrlashga va yaratishga, yaxshini yomondan ajratishga, yangi qiziqarli faktlarni o‘rganishga va shunchaki hayotdan zavqlanishga o‘rgatadi. Insonning ijodiy faoliyatida kinoning o‘rni beqiyosdir.

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston televideniyasidagi seriallar mavzusi jiddiy muhokama qilinmoqda. Kimdir telekanallarimizda chet el seriallarining haddan tashqari ustunligi haqida gapirsa, boshqalari mahalliy seriallarning bachkana va saviyasi pastligi, sifati, boshqalari serialda ilgari surilgan qadriyatlar, milliy urf-odatlar va mentalitetning nomuvofiqligi va yosh avlodga ularning buzuvchi ta’sirini qayd etishdi.

Aholi so‘rovnomada qatnashdi
Yaqinda TOGRI.UZ yangiliklar sayti aholi o‘rtasida kichik so‘rov o‘tkazdi. Unda respondentlarga mahalliy telekanallardagi seriallarga munosabati to‘g‘risida bir nechta savol berildi. Aksar yurtdoshlarimiz xorij seriallari yoshlar ongini zaharlaydi desa, ayrimlari ko‘ramiz, faqat oila a’zolarimiz bilan emas, deya javob berdi. Ko‘p yurdoshlarimiz esa, bizning milliy seriallarga ehtiyojimiz borligini, agar berilsa, o‘zbek seriallarini tomosha qilgan bo‘lishlarini aytishgan. Bu togri.uz’ning bir kunlik so‘rov natijalari.

O‘zbek filmlari o‘rnida xorijniki
Endi bir haqli savol tug‘ilmoqda. Nima uchun O‘zbekistondagi telekanallar boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan seriallarni sotib olib qo‘yishadi? Agar deyarli barcha ko‘ngilochar kanallarning teledasturlarini tomosha qilsangiz, ularning efir tarmoqlarida kuniga kamida 4-5 ta serial berilsa, shundan bittasigina mahalliy serial bo‘lishi mumkin.

Axir O‘zbekistonda ham qanchadan-qancha tajribali rejissyorlar, operatorlar, aktyor va aktrisalar bor. Nima, ularning saviyasi va bilim darajasi yaxshi film yoki serial olishga, unda rol ijrol etishga yetmaydimi? Yoki telekanalarimiz osonligicha va ortiqcha bosh qotirmasdan chet eldan turli xil serialar sotib olib, o‘z kanallarida aylantirishni afzal ko‘rishadimi? Ularda milliy kinematografiyani sifatli kinolar olib teletomoshabin hukmiga yetkazish orqali rivojlantirishga qiziqish yo‘qmi?

O‘zbek seriallari bor. Lekin saviyasi past
To‘g‘ri, O‘zbekistonda ham oz bo‘lsada teleseriallar olinmoqda. Lekin xozirgi vaqtda ular na soni, na sifati bilan xalqimiz orasidagi talabni qondirolmaydi. Ularning aksariyatida aktyorning iste’dodi yo‘qligi, voqealar davomiyligining bog‘lanmasligi, sayoz yozilgan senariy, so‘zlarni ishlatishdagi xatolar va boshqalarni ko‘rish mumkin. Balki bunaqa serial ishlaydigan rejissyor va kinokompaniya hali shakllanmagandir.

Hukumat sifatsiz filmlarga jim qaramadi
Shuni ham ta’kidlash kerakki, telekanallarimizdagi seriallar va ularning ijtimoiy hayotga ta’siri haqidagi savollar hukumat e’tiboridan chetda qolmadi. Shunday qilib, bir necha oy oldin Bosh vazir Abdulla Aripov “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonining ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida xorij serialini tanqid qilgan. So‘ngra, xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan seriallarning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar bergan. Shunga qaramay hamon TVlarda xorij seriallari bir kanalda bir nechtasi ketma-ket namoyish etilmoqda. Bu holat nega haligacha davom etib kelmoqda? Yoki TV kanallar o‘zlari kuchli biror filmni yoki serialni buyurtma asosida yoki o‘z mablag‘lar hisobiga ololmaydimi?

Xorij seriallari soni keskin kamayadi
Togri.uz manbasining aytishicha, yaqinda mahalliy telekanallardagi xorijiy seriallar sonini kuniga bittadan ko‘rsatishga keskin cheklov qabul qilinadi.

Xususiy sektor ishlariga ma’muriy aralashuv, shubhasiz, vaziyatni hal qilish va kino sanoatini rivojlantirish uchun eng yaxshi variant emas. Ammo hozirgi paytda ushbu vosita ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va mahalliy kinoni rivojlantirish uchun boshlang‘ich va katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori sifatli badiiy filmlar va seriallar yaratilib, ular tomoshabinning hukmiga taqdim etiladi.

Shu nuqtai nazardan yana bir savol tug‘iladi. Chet el seriallari kamayishi telekanallardagi bo‘shliqni mahalliy seriallar orqali to‘ldirishni talab etadi. Lekin o‘zbek kinobozorida sifatli serial chiqarish uchun imkoniyatlar bormi?

Agar bor bo‘lsa, qani kim yoki qaysi telekanal birinchi bo‘lib shunday seriallarni chiqara oladi?

Qaysi telekanallar bozorning yangi talablariga moslasha oladi va chet elda ko‘rsatuvlarni sotib olishning avvalgi oddiy sxemasidan yuqori sifatli mahalliy filmlar va televizion shoularni yaratishga o‘tishadi?

Nima bo‘lgan taqdirda ham o‘zbek seriallarni ko‘payishi, ular yuqori sifatda yaratilishi milliy kino san’atning yuksalishiga olib keladi. Kanallar orasida teletomoshabinlarni ishonchini qozonish maqsadida raqobat kuchayadi va oxir-oqibat ular o‘rtasidagi bu raqobatdan faqat tomoshabinlar foyda ko‘radi.

Kim zo‘rligini kuzatamiz
Kutamiz, kuzatamiz va UMID qilamiz. Xalq dardini, muammosini ko‘rsata oladigan va jamiyatimizdagi insoniy qadriyatlarni namoyish eta oladigan sifatli milliy seriallar yaratilishiga tamal toshini eng avval qaysi kanal yoki kanallar qo‘ya oladi? Biz esa tomoshabinlar juda bir qiziq jarayonlar va voqealar guvohiga aylanishimiz va kim nimaga qodirligini ko‘rishimiz mumkin.

Latofat Bo‘riyeva
Категория: Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji | Просмотров: 67 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
добро пожаловать,
Логин:
Пароль:
Поиск
Категории раздела
Boy bo'lish uchun / Pulni ko'paytirish [20]
Dunyo yangiliklari [1431]
Sport yangiliklari [1143]
Yurtimiz yangiliklari [872]
Shou bizness yangiliklari [343]
Turfa olam [38]
Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar [593]
Tehnologiyalar [356]
Avtomobil olami [68]
Wapmasterlar uchun [33]
Munajjimlar bashorati [78]
Qo'shiq Matni [146]
Salomatlik sirlari [248]
Foydali Maslaxatlar [1106]
Ayollar Uchun [121]
Erkaklar uchun [44]
Bolalar salomatligi [50]
Keksalar salomatligi [4]
Burjlar olami [2]
Kompyuter Dasrliklari [23]
Yulduzlar biografiyasi [33]
Testlar, Psixologiya [101]
Pazandalik sirlari [198]
Mobil telefon sirlari [61]
8-martga sherlar, tabriklar [3]
21-mart navro'z bayramiga tabrik va sherlar [3]
1-aprel hazillari/ 1-aprel uchun hazil gaplar [3]
Sevgi dunyosi / Sevgi haqida [16]
Dunyo mamlakatlari haqida - osiyo yevropa okeyanlar [12]
Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji [143]
Qiziqarli maqolalar va Fikr mulohazalar [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [1]
SOCH TO'KILISHI HAQIDA / СОЧ ТУКИЛИШИ ХАКИДА [24]
Eng yangi super latifalar / Латифалар олами [13]
Календарь
«  Avgust 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей