Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 28.01.2020, 17:29


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

10:43

O‘zbekistondagi metan “zapravka”larda vaziyat qachon yaxshilanadi?


Joylandi: 30.11.2019 | 10:43

O'zbekistondagi metan “zapravka”larda vaziyat qachon yaxshilanadi?
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)da bir haftadan beri uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelmoqda. Oqibatda haydovchilar bir necha soatlab vaqtini metan “zapravka”lar oldida o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa haydovchi va yo‘lovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lyapti.

Muhokamalar esa ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chib, bu masala atrofida turli gaplar aylanmoqda. Kimdir muammoni magistral gaz quvurlarining eskirib ketgani bilan bog‘lasa, boshqasi sovuq tushishi bilan gaz bosimi pasayib ketishining oqibati sifatida baholamoqda. Bu holatni gaz narxining oshirilishi yo‘lidagi bir qadam sifatida talqin qilayotganlar ham yo‘q emas. Ular e’tiroz bildiruvchilarga 2018-yil dekabr oyidagi ana shunday holatlarni eslatib, shundan so‘ng gaz bahosi oshib ketganini ro‘kach qilmoqda.

Xo‘sh, bu kabi gap-so‘zlar qanchalik asosli? AGTKSh faoliyatidagi uzilishlarda, turnaqator navbatlar yuzaga kelishi nima sabab bo‘ldi? Bu vaziyatni “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati qanday izohlaydi?

Ushbu savollar bilan “Xalq so‘zi” muxbiri jamiyat mutasaddilariga murojaat qildi.

Kuzatishlarga qaraganda, respublika va xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari chetlaridagi AGTKShlarning aksariyati ishlamayapti. Ba’zilari esa kuniga o‘rtacha 6-7 soat faoliyat ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘lmoqda. Sababi bilan qiziqqanimizda ba’zi “zapravka”lar xodimlari gaz limiti kamaytirilganini aytmoqda. Biroq “O‘ztransgaz” AJ tomonidan bu inkor qilindi. Hozirgi paytda respublikada 831 ta AGTKSh faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularga joriy yilning oktabr-noyabr oylari davomida belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha kunlik hajmlar to‘liq yetkazib berilayotgan ekan.

— Tabiiy gaz limiti kamaytirilmagan. AGTKShning to‘liq ishlamasligi faqat tabiiy gaz bilan bog‘liq emas. Ob-havo keskin pasayib ketgan paytlarda aholiga, ijtimoiy soha obyektlariga va strategik ahamiyatga ega korxonalarga tabiiy gaz maksimal darajada yetkazib berish asosiy maqsadimiz. Bundan tashqari, “O‘zneftgazinspeksiya”, “O‘zstandart” agentligi, MIB va hududiy gaz ta’minoti idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganish natijalariga asosan, ayrim shoxobchalarda me’yoriy-huquqiy hujjatlarga zid ravishda faoliyat yuritish holatlari aniqlanmoqda. Ayrim AGTKShda litsenziya shartlariga muvofiq ish yuritmaganliklari uchun kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar vaqtincha gaz yetkazib berilishi to‘xtatilgan holatlar ham mavjud. Ularda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, gaz ta’minoti qayta tiklanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi “Gaz yetkazib bermaganligi sababli AGTKShda turnaqator navbatlar paydo bo‘lmoqda”, degan fikrlar o‘rinsiz”, — deydi jamiyat matbuot xizmati xodimi.

Mutaxassislar yana bir bir holat haqida to‘xtalishni so‘ramoqda. Ularning aytishicha, aholiga, AGTKShga ham tabiiy gaz belgilangan bosimda yetib bormasligiga kafolatlanmagan iste’molchilar tomonidan maksimal darajada tabiiy gaz iste’mol qilinishi, ayrim odamlar tomonidan qo‘lbola yoki maxsus nasoslar yordamida gaz taqsimlash tizimlaridan tabiiy gazning so‘rib olinishi tizimdagi gidravlik rejimning buzilishiga olib kelayotgan emish.

“O‘ztransgaz” AJ bugungi kunda tabiiy gazning narxlari o‘zgarishi yuzasidan hech qanday ma’lumotga ega emasligini ta’kidlab, hozir kuzatilayotgan holat vaqtincha ekanligini, tez orada barchasi o‘z iziga tushib ketishiga va’da bermoqda.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 67 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт