Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 27.09.2021, 23:42


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

23:21

O‘zbekistonlik ayol erining 500 mln so‘mini totalizatorda yutqazib qo‘ydi


Joylandi: 15.07.2021 | 23:21

Ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘ining 400 milliondan ortiq pulini 1XBet totalizator o‘yini orqali yutqazib qo‘ygan ayol haqida xabar tarqaldi. Ta’kidlanishicha, erkak IIBga plastik kartasidagi 400 million so‘mdan ortiq pul yo‘qolganini aytib, murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda fuqaroning xotini ushbu pul mablag‘ini internetdagi tavakkalchilikka asoslangan 1XBet o‘yinida yutqazib qo‘ygani aniqlangan. Xabarda ayol pullarni yutqazib qo‘ygani haqida eriga aytmagani ma’lum qilingan. Bu holat O‘zbekistonning qaysi hududida bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritilmagan. Bundan avval Buxoroda pullarini bukmekerlik idorasida yutqazgan yigit bobosining uyidan 4,5 ming dollar o‘g‘irlab, uyga o‘t qo‘yib yuborgani, Qoraqalpog‘istonda pullarini bukmekerlik kontorasida yutqazgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani hamda Farg‘onada o‘zganing plastik kartasidan pul o‘g‘irlab, ularni totalizatorga tikib yuborgan maktab o‘quvchisi sudlangani haqida xabar berilgandi.
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 210 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: O‘zbekistonlik ayol erining 500 mln | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт