Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 20.11.2019, 09:10


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

21:29

“O‘zgidromet” hafta davomida ilk kuzgi ayoz kuzatilishini ma’lum qildi


Joylandi: 04.11.2019 | 21:29

Respublikaning katta qismida 3-noyabr, yakshanba kuni ko‘proq oktabr oyi uchun xos bo‘lgan iliq va ochiq ob-havo kuzatildi. Harorat kunduzi 22—25 daraja iliq bo‘ldi, bu shu kunning me’yoriy ko‘rsatkichlaridan 3—5 darajaga yuqori.

“O‘zgidromet”ning yozishicha, O‘zbekistonning shimoliga Ural hududidan salqin havo oqimi kirib kelishni boshladi. Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik, Ustyurtda esa birinchi qor yog‘di. Ushbu joylarda harorat 10—15 daraja, Ustyurtda ayrim joylarda 0 darajagacha pasaydi.

Kechasi sovuq oqim respublikaning barcha hududlariga tarqaldi, mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda jalaga aylanib harorat keskin pasaya boshladi. Bugun yog‘ingarchilik to‘xtaydi, harorat 8—10 darajani, shimolda 3—8 darajani tashkil qiladi.

5-noyabrdan 9-noyabrgacha O‘zbekistonda sovuq antisiklon hukmronlik qiladi, ob-havo kam bulutli bo‘lib yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechasi va 5-noyabr kuni tongda Surxondaryo viloyati va Farg‘ona viloyatida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. Kechasi harorat 0—5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 5—7-noyabrda ilk kuzgi ayoz kuzatiladi, kunduzgi harorat 5—7-noyabrda 8—13 daraja, 8—9-noyabrda 10—15 daraja iliq bo‘ladi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 270 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: “O‘zgidromet” hafta davomida ilk ku | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт