Ziyo-Music.Com
Yakshanba, 18.08.2019, 02:35
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 6515
Статистика

Xozir saytda: 18
Mexmonlar: 18
Foydalanuvchilar 0

18:14

«O‘zgidromet»: Yana issiq havo oqimi kirib keladi


Joylandi: 24.07.2019 | 18:14

«O‘zgidromet»ning bildirishicha, keyingi haftaning boshida respublika hududiga yana issiq havo oqimi kirib keladi. Shuning uchun iyul oyining oxirgi va avgust oyining birinchi kunlari havo harorati yuqori bo‘ladi.

Bizning O‘rta Osiyo iqlimi uchun bu yilgi iyul oyi juda issiq keldi. Oy hali tamom bo‘lmagan bo‘lsa-da, lekin biz butun meteorologik kuzatuvlar davrida respublikamizning ko‘pgina joylari, shu jumladan Toshkent shahrida eng issiq iyul oyini boshdan kechirdik deb ayta olamiz.

11 iyuldan boshlab havo harorati me’yordan 5-7 darajaga, ayrim joylarda undan ham yuqori bo‘ldi. Masalan, Toshkentda maksimal harorat har kuni 40 darajadan oshdi, eng jazirama kunlarda 42-43 darajaga yetdi. Respublikamiz shimoli, janubiy rayonlari va cho‘l zonalarida bundan ham issiq bo‘ldi. Kunduzi harorat 44-46 darajaga ko‘tarildi.

Bunday haroratlarni bizning iqlim sharoitlarida odatdan tashqari deb bo‘lmaydi, biroq bu davrning uzoq davom etganligi anomal ob-havo hodisasidir.

Bu haftaning boshidan O‘zbekistonning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yi hududidan havo oqimi kirib kelishi natijasida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, respublikamizning cho‘l zonalarida harorat foni biroz pasaydi. Yaqin kunlarda O‘zbekistonning qolgan hududlarida ham harorat biroz pasayib, 24—26 iyul kunlari kunduzi harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi.

Keyingi haftaning boshida respublikamiz hududiga yana issiq havo oqimi kirib keladi. Shuning uchun iyul oyining oxirgi va avgust oyining birinchi kunlari yana juda issiq bo‘ladi. Biroq bu issiq qanchalik uzoq davom etishi to‘g‘risida hozircha aytish qiyin, - deya ma’lum qiladi O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 41 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
добро пожаловать,
Логин:
Пароль:
Поиск
Категории раздела
Boy bo'lish uchun / Pulni ko'paytirish [20]
Dunyo yangiliklari [1431]
Sport yangiliklari [1143]
Yurtimiz yangiliklari [872]
Shou bizness yangiliklari [343]
Turfa olam [38]
Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar [593]
Tehnologiyalar [356]
Avtomobil olami [68]
Wapmasterlar uchun [33]
Munajjimlar bashorati [78]
Qo'shiq Matni [146]
Salomatlik sirlari [248]
Foydali Maslaxatlar [1106]
Ayollar Uchun [121]
Erkaklar uchun [44]
Bolalar salomatligi [50]
Keksalar salomatligi [4]
Burjlar olami [2]
Kompyuter Dasrliklari [23]
Yulduzlar biografiyasi [33]
Testlar, Psixologiya [101]
Pazandalik sirlari [198]
Mobil telefon sirlari [61]
8-martga sherlar, tabriklar [3]
21-mart navro'z bayramiga tabrik va sherlar [3]
1-aprel hazillari/ 1-aprel uchun hazil gaplar [3]
Sevgi dunyosi / Sevgi haqida [16]
Dunyo mamlakatlari haqida - osiyo yevropa okeyanlar [12]
Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji [143]
Qiziqarli maqolalar va Fikr mulohazalar [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [1]
SOCH TO'KILISHI HAQIDA / СОЧ ТУКИЛИШИ ХАКИДА [24]
Eng yangi super latifalar / Латифалар олами [13]
Календарь
«  Iyul 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей