Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 19:42


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

18:48

Obid Asomov vafot etdi


Joylandi: 14.12.2018 | 18:48

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli so‘z ustasi Obid Asomov 14-dekabr kuni Toshkentdagi 1-shahar klinik shifoxonasida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. U 55 yoshda edi.

Bir necha kun muqaddam Obid Asomov yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabarlar berilgan edi.

Qiziqchi va aktyor Obid Asomov 1963-yilda Toshkentning Chilonzor tumanida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik institutida tahsil olgan, 1993-yilda esa “Obid-A” teatriga asos solgan.

“Kulol va xurmacha”, “Alpomish”, “Dev va pakana”, “Tohir va Zuhra (zamonaviy talqin)” kabi filmlarda suratga tushgan. 2000-yillar oxiridan boshlab rossiyalik taniqli yumorist Yevgeniy Petrosyanning taklifiga ko‘ra, “Krivoye zerkalo” teleshousida qatnashdi.

Obid Asomov 2018-yilning 24-mayida “O‘zbekfilm” huzuridagi “Multiplikatsion filmlar studiyasi” direktori etib tayinlangan edi. So‘nggi vaqtlarda Instagram’dagi sahifasi orqali studiyaning yangi mahsuloti — “Dovyurak oshpaz” multfilmini ovozlashtirish jarayonidan lavhalar qo‘yib borayotgan edi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 1461 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Asomov, vafot, Obid, etdi | Рейтинг: 5.0/11

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 1
avatar
0
1 BEST_ADMIN • 22:15, 14.12.2018
Joylari jannatda bo'lsin
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт