Kun davomida har xil fe`lli odamlar bilan ko`rishamiz, muloqotda bo`lamiz. Ammo ularning hammasi bilan ham til topisha olmaymiz. Quyida berilgan tavsiyalarimiz har qanday qiyin vaziyatlarda va og`ir fe`l-atvorli odamlar bilan chiqishib ketishda asqotsa ajabmas. 1. Suhbatni do`stona ohangda boshlang. 2. Unutmang, insonning ismi – u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir. 3. Odamlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo`ling. 4. Suhbatdoshingizga chin dildan qiziqing! 5. Eng yaxshi tinglovchi bo`ling! Boshqalarga ko`proq o`zlari to`g`risida gapirishlariga imkoniyat bering. 6. Tortishuvlar paytida ma`naviy baland bo`lishning yagona yo`li, bu — tortishuvdan voz kechishdir. 7. Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat bilan qarang. Odamlarga hech qachon “Nohaqsan” demang. 8. Agar siz nohaq bo`lsangiz, tez va keskin tan oling. 9. Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o`ziniki hisoblasin. 10. Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang. 11. Boshqalarning fikri va xohishlariga ta`sirchan bo`ling. 12. Odamga ma`naviy quvvat beruvchi gaplardan so`zlang.