Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 05.06.2020, 20:46


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

09:09

Oila mustahkamligi uchun er va xotinda bo`lishi shart bo`lgan 2 ta fazilat


Joylandi: 21.08.2016 | 09:09

Olimlarning fikriga ko`ra, mustahkam oila 2 ta insoniy fazilat asosida vujudga keladi,deb yozadi“Adme.ru”.

Erkak va ayol o`rtasidagi mustahkammunosabatlar davomli va mashaqqatli mehnat evaziga bunyod bo`ladi. Mustahkam munosabatlar har bir insondan tinimsiz izlanishni talab etadi. Biroq, bu jarayon ko`pchilik o`ylaganidek qiyin va murakkab emas.

Olimlarning aniqlashicha, oila mustahkam bo`lishi uchun erkak va ayol faqatgina 2 xislatga ega bo`lishi kerak: Mehribonlik va saxiylik.

Psixolog Jon Gottman (John Gottman) o`z rafiqasi Juliya bilan ko`p yillik izlanishlar natijasida mehr-muhabbater va xotinni bir umrga bog`lashini aniqladi.

Hissiy barqarorlik bilan bir qatorda mazkur xislat ham oila barqarorligida muhim o`rin tutadi. Juftiga mehr ko`rsatish qiyinlashadigan payt—bu er-xotinning arazlashib qolgan payti.

Biroq aynan mana shu paytda inson o`z hislarini nazorat qila bilishi kerak.Mazkur jarayonda juftliklardan biri o`z agressiyasini tashqariga chiqarsa,bu o`zaro munosabatlarga misli ko`rilmagan putur yetkazadi.

“Mehr o`z qahr-g`azabingizni tashqari chiqarmaslikda emas, balki uni qay yo`sinda yetkazishingizda namoyon bo`ladi. Siz hech narsani o`ylamay, jahlingizni juftingizga sochishingiz, yoki hotirjam holatda sizga nima yoqmayotganini tushuntirishingiz mumkin. Bu uslub esa ancha yaxshi”,—deydi Juliya Gottman.
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 1252 | Добавил: Daler_Honzoda | Рейтинг: 5.0/14

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт