Logotype
Главная | Регистрация | Вход Shanba, 06.06.2020, 00:45


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

10:19

Olimlar: Koronavirus nihoyalanmasdan turib insoniyatni yangi muammo kutmoqda


Joylandi: 09.04.2020 | 10:19

Stenford universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, Yer sayyorasini yana iqlim o‘zgarishi sabab uzoq vaqt davom etadigan o‘rmon yong‘inlari kutmoqda. Bu haqda «Gazeta.ru» ga asoslanib «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

Ekspertlarga ko‘ra, odamlarning xatolari tufayli yuzaga kelgan global isish meteorologik sharoitlarga ta’sir qiladi va bu o‘z navbatida kuchli o‘rmon yong‘inlariga olib kelishi mumkin.

So‘nggi 40 yil ichida kuz oylarida o‘rmon yong‘inlari xavfi Kaliforniyada ikki baravar oshadi.

Bundan tashqari, 80-yillardan beri xuddi shu hududda ekstremal ob-havo sharoiti bo‘lgan kuz kunlarining soni ikki baravar ko‘paydi. Yog‘ingarchilik miqdori qariyb 30 foizga kamaydi va o‘rtacha harorat bir darajadan yuqori darajaga ko‘tarildi.

Olimlarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi oqibatlari sayyoramizning boshqa mintaqalarida, jumladan Avstraliya va Rossiyada ham kuzatilmoqda. «COVID-19» bilan kurash yakunida yangi bir muammo paydo bo‘lishi mumkin.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 645 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Olimlar: Koronavirus nihoyalanmasda | Рейтинг: 5.0/4

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт