Logotype
Главная | Регистрация | Вход Shanba, 28.03.2020, 12:56


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

22:17

Olimlar koronavirus yuqishi mumkin bo‘lgan yangi yo‘lni aniqladi


Joylandi: 26.03.2020 | 22:17

nson yangi turdagi SARS CoV-2 shtammi (COVID-19 koronavirus kasalligini keltirib chiqaruvchi)ni maymunlarga yuqtirishi mumkin. Kasallik tarqalishining yangi yo‘lini mikrobiolog Arend de Xaas aniqladi, deb yozadi The Conversation.

Mutaxassisning aytishicha, so‘nggi 26 yil ichida dunyoda olti marotaba ko‘rshapalaklar orqali tashiluvchi viruslarga bog‘liq infeksiya tarqalishi kuzatilgan. Maqola muallifining so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 ni keltirib chiqaradigan SARS CoV-2 koronavirusi ko‘rshapalak va pangolinlar orqali tarqaladigan ximera virus hisoblanadi.

Mikrobiologning yozishicha, parazit viruslar yangi xo‘jayiniga hujum qilib, dastlab vaqt o‘tishi bilan tuzaladigan jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi, parazit va uning xo‘jayini bir-biriga moslashgach, xavf kamayadi.

“Bunga misol qilib inson va maymun o‘rtasida kasallik almashinuvini keltirish mumkin, ushbu holda jarayon nisbatan yengil kechadi. Maymunlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ularning odamlarda uchraydigan respirator viruslarni yuqtirib olishda favqulodda ta’sirchan ekanini ko‘rsatdi”, — deydi muallif.

Bunga ekspert odamdan gorilla yoki shimpanzega osonlikcha yuqadigan oddiy shamollashni misol qilib keltirgan. Mutaxassisning fikricha, orangutanlar insondan COVID-19 ni yuqtirib olishi mumkin. Shu sababli ekspert bu turdagi hayvonlar yashaydigan joylarga, xususan, milliy bog‘larga insonlar borishini cheklashga chaqirmoqda.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 36 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Olimlar koronavirus yuqishi mumkin | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Рекомендуемы
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт