Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 28.09.2021, 01:14


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

23:19

Olxo‘ri qoqining organizm uchun 4 foydasi


Joylandi: 15.07.2021 | 23:19

Eng yaxshi quruq mevalardan hisoblangan olxo‘ri qoqi immunitet, oshqozon-ichak trakti va suyaklar mustahkamligi uchun muhim sanaladi.

 

Suyaklarni mustahkamlaydi

Olxo‘ri menopauzani boshidan o‘tkazayotgan ayollar uchun eng yaxshi mahsulot. Bu vaqtda kalsiy faol yo‘qotilgani hisobiga suyaklar mo‘rtlashadi, osteoporoz xavfi ortadi. Tabiiyki, birgina ushbu mahsulotni iste’mol qilish muammoga yechim bo‘lmaydi, ammo olxo‘ri qoqini muntazam ravishda iste’mol qilish suyak va bo‘g‘imlar ahvolini sezilarli darajada yaxshilab, mustahkamlaydi. O‘tkazilganiga ko‘p bo‘lmagan tadqiqotda yarim yil davomida kuniga 5-6 dona ushbu mahsulotni iste’mol qilgan ayollarda tengdoshlariga nisbatan ko‘proq suyak to‘qimalari yo‘qolgani aniqlangan. Yarim yil davomida har kuni 10-12 dona iste’mol qilish esa suyak to‘qimalarini mustahkamlab, regeneratsiya xususiyatini yaxshilaydi.

Xolesterinni kamaytirib, yurakni mustahkamlaydi

Menopauza yurak faoliyatiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Bu vaqtda qon tomirlar va yurakni himoya qiladigan hamda xolesterin miqdorini nazorat qiladigan estrogen kam miqdorda ajraladi. Kaliforniya universiteti mutaxassislarining Devisda o‘tkazgan tadqiqotlarida har kuni 12 dona olxo‘ri qoqi iste’mol qilgan “yomon” xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan kishilarda ushbu ko‘rsatkich sezilarli, ya’ni zararsiz miqdorgacha kamaygani aniqlangan.

Ichaklar faoliyati yaxshilanadi

Ushbu mahsulotda ichaklarning me’yoriy faoliyati uchun muhim bo‘lgan kletchatkalar bisyor bo‘ladi. Shuningdek, uning iste’moli qabziyatda ham yaxshi yordam beradi.

Yallig‘lanishda yaxshi yordam beradi

Antioksidant hisoblangan olxo‘ri qoqi tarkibida yallig‘lanish jarayonini kamaytiradigan va DNKni zararlanishdan himoya qiladigan polifenollar bisyor.

Kuniga nechta olxo‘ri qoqi yeyish kerak?

Kuniga 50 gramm, ya’ni 5-6 dona iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Ratsionida kletchatkalar yetarli bo‘lmaganlarga esa kunning birinchi qismida 1-2 dona meva yeyish, och qoringa iste’mol qilmaslik kerak.

Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 117 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Olxo‘ri qoqining organizm uchun 4 f | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт