Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 05.06.2020, 20:07


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

14:04

​Organizmni tozalovchi 7 xil salat!

Joylandi: 08.06.2017 | 14:04

Issiq mavsumda yog`li, qattiq qovurilgan taom va eguliklar oshqozonga og`irlik qilishi mumkin. Bu vaqtda asosan engil hazm bo`luvchi salatlar tavsiya etiladi. Quyida tez tayyorlanadigan, foydali, me`da va ichaklarni tozalaydigan salat reseptlari bilan tanishtiramiz.
MASALLIQLAR MIQDORINI OILA A`ZOLARINING SONIDAN KELIB ChIQIB o`zingiz belgilaysiz.
Karam+lavlagi
Tarkibi: karam, qizil lavlagi, sabzi, limon sharbati, o`simlik yog`i, pichoq uchida tuz.
Tyyorlanishi: Barcha masalliqlar xomligicha ishlatiladi. Sabzavotlarni somoncha shaklida to`g`rab, tuz, limon sharbati va o`simlik yog`i bilan aralashtirsangiz kifoya.
Lavlagi+olma
Tarkibi: lavlagi, olma, sabzi, o`simlik yog`i, tuz, shakar.
Tayyorlanishi: Masalliqlarni qirg`ichning yirik tishidan o`tkazamiz. So`ng tuz, shakar va o`simlik yog`i bilan aralashtiramiz.
Karam+olma
Tarkibi: karam, olma, yashil bulg`or qalampiri, tuz, zaytun yog`i.
Tayyorlanishi: karamni somoncha shaklida to`g`rab, tuz bilan ezg`ilaysiz. So`ng parak qilib to`g`ralgan olma va bulg`or qalampirini qo`shing. Tuz va zaytun yog`i bilan aralashtirib olsangiz, salat tayyor.
Bodring+tuxum
Tarkibi: bodring, shivit, kashnich, qaynatilgan tuxum, qatiq, tuz.
Tayyorlanishi: bodringni to`rtga bo`lib, paraklang. Ko`katlarni maydalab to`g`rang, tuxumni mayda to`rtburchak shaklda kesing. Masalliqlarga tuz va qatiqni aralashtiring.
Dengiz karam+sabzi
Tarkibi: dengiz karami, sabzi, o`simlik yog`i, sarimsoq.
Tayyorlanishi: dengiz karamini somoncha shaklida to`g`ralgan sabzi va ezg`ilangan sarimsoq bilan aralashtiring. Salatga o`simlik yog`i va tuz qo`shing.
Pomidor+bodring
Tarkibi: pomidor, bodring, qizil karam, rayhon, tuz.
Tayyorlanishi: pomidor, bodring va karamni yirik to`rtburchak shaklda to`g`rang. Rayhonni maydalab kesing. Barchasini aralashtirib, tuz namagini sozlab oling.
Karam+bodring
Tarkibi: karam, bodring, shivit, smetana, tuz
Tayyorlanishi: karamni somoncha shaklida to`g`rang, bodringni qirg`ichning yirik tishidan o`tkazing. Masalliqlarga tuz va smetana qo`shib, aralashtiring.

Manba:darakchi.uz
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 869 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: xil, salat!, tozalovchi, ​Organizmni | Рейтинг: 5.0/4

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт