Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 18:42


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

15:05

Ozoda Nursaidova: “Nomimdan foydalanib, o`zini reklama qilayotganlarga qonuniy chora ko`raman”


Joylandi: 21.01.2016 | 15:05

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Dilfuza Ismoilovaning bir restoranda raqsga tushayotgan suratlari tarqalgan edi. Xonanda ushbu suratlar hamkasbi Ozoda Nursaidovaning onasi tavalludi munosabati bilan o`tkazilgan tadbirdan “stop kadr” qilinganini aytib, bunda aynan Ozoda Nursaidovaning qo`li borligini ta`kidlagan edi. “Qalampir.uz” sayti vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Ozoda Nursaidova bilan bog`landi.

“14 yil avval men hech qanday yig`in qilmaganman. Bu haqda gapirayotgan odam yilini aniq bilib gapirishi kerak. Bu xabarni eshitgach, avvaliga Dilfuza Ismoilovani qachon biror yig`inga taklif qilganimni eslay olmadim. Onamning tug`ilgan kunlari bundan 8 yil avval, ya`ni 2008 yilda Toshkentdagi “Marrakesh” restoranida nishonlangan edi. U erda men qatnashmaganman. O`sha davrada olingan video tasvirlar ham, fotosuratlar ham menda saqlanib qolmagan. Meni birovning suratini tarqatishdan boshqa ishim yo`qmi? Keyin xonanda Dilfuza Ismoilovaning suratlarini ataylab tarqatish shart emas, u hamma to`ylarda shunday raqsga tushadi. Dilfuza Ismoilova mening nomimdan piar sifatida foydalanibdi. Menimcha, bu atayin uyushtirilgan reklama.
Men ham nomimdan foydalanib, o`zini reklama qilayotganlarga qonuniy chora ko`raman”, —dedi xonanda.
Категория: Shou bizness yangiliklari | Просмотров: 1529 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: fonogramma, yangiliklar, ozoda saidzoda ozoda nursaidova, sanatkorlar haqida, shou bizness yangiliklari | Рейтинг: 5.0/28

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт