Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 19.02.2020, 04:02


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

15:30

Pardoz vositalari allergiyaga sababmi?

Joylandi: 13.05.2017 | 15:30

Kosmetik vositalar hech mubolag‘asiz hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Juda bo‘lmaganda antiperspirant yoki atirlardan kuniga bir marta foydalanamiz. Biroq ular allergiyaga sabab bo‘lsa-chi? Vositadan voz kechish shartmi yo boshqa chorasi bormi? Shu savollar bilan dermatolog Nodira AKROMOVAga yuzlandik.
Belgilari qanday?
Agar pardozni yakunlagach qichishish, achishish, qizarish, ko‘z ostida ko‘kimtir dog‘larni sezsangiz, shish va qopchalar paydo bo‘lsa, ko‘z o‘z-o‘zidan yoshlanib, husnbuzar yoki toshma tosha boshlasa, labingiz qurqulashib ketsa bilingki, atir-upangiz allergik reaksiyani yuzaga keltirdi. Bunday hollarda darhol yuzni iliq suv bilan yuvib, tabiiy moylardan biri bilan tozalash mumkin. Ko‘zlarni esa choy yoki moychechak damlamasida chaygan afzal.
«Dushman»larni tanib olamiz
Pardoz vositalari tarkibidagi allergiya chaqiruvchi «dushman»larimiz asosan uchga bo‘lingan:
1. Konservantlar.Ular har qanday atir-upa tarkibida bo‘ladi. Ko‘pincha miqdori ahamiyatga ega. Uni aniqlash uchun esa vositangizning yaroqlilik muddatiga e’tibor qarating. Muddat qancha uzoq bo‘lsa, tarkibidagi konservantlar shuncha ko‘p degani. Shuning uchun xarid chog‘ida yaroqlilik muddati kam vositalarga e’tibor qarating.
2. Iforlar.Pardoz vositasi qanchalik o‘tkir ifor taratsa, demak tarkibida aromatizatorlar shuncha ko‘p. Nafas yo‘llari orqali tanaga tushgan qo‘zg‘atuvchilar esa boshqalariga qaraganda xavfliroq sanaladi. Ba’zi hollarda tabiiy iforlar yoki efir moylari sun’iylaridan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘dirishi mumkin. Masalan, bergamot yoki sitrus mevalarning efir moylari allergiyaga moyillikni oshiradi. Shuning uchun xarid chog‘ida vositaning iforiga uchmang.
3. Bo‘yoqlar.Lab bo‘yog‘i tarkibidagi analin rang beruvchisi, qosh va ko‘z qalamlaridagi xrom, kumush, nikelь metall tuzlar xastalikning qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. Albatta, bu moddalarni boshqa kosmetik vositalar tarkibida ham uchratish mumkin. Biroq aynan lab va ko‘z orqali organizmga tushish ehtimoli yuqori. Yodda saqlang, pardoz vositasi qanchalik yorqin, saqlanish muddati uzoq bo‘lsa, agressiv qo‘zg‘atuvchilar shuncha ko‘p bo‘ladi.
Sinalgan vosita pand bersa-chi?
*.Darhol yaroqlilik muddatiga diqqat qiling. muddati o‘tganlaridan aslo foydalana ko‘rmang.
*.Ba’zi pardoz vositalari qadog‘i ochilgandan keyin kislorod bilan kimyoviy reaksiyaga kirib, tarkibidagi moddalar o‘zgaradi va nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaradi. Foydalanib bo‘lgach, qopqog‘ini yopish yoddan chiqmasin.
*.Balki vositani noto‘g‘ri qo‘llagandirsiz? Mabodo qo‘l uchun mo‘ljallangan kremni yuzga surtmaganmidingiz?
*.Saqlash qoidalariga rioya qilinmaganida ham allergiya yuzaga keladi. Masalan, ulьtrabinafsha nurlar ta’sirida atir-upa, soch uchun lak kabi vositalar o‘z xususiyatlarini o‘zgartiradi.
*.Kasal bo‘lmabmidingiz? Chunki dorilar organizm avval normal hisoblangan vositaga boshqacha reaksiya bildirishi mumkin.
Qaysi vosita xavfliroq?
Agar qanday turdagi pardoz vositalari allergik reaksiyani keltirib chiqarishini jadval qiladigan bo‘lsak, uning birinchi qatorini suvga chidamli tush egallaydi. Keyingi qatorlardan uzoq muddat saqlanib turadigan lab bo‘yog‘i, tana va yuz uchun mo‘ljallangan kremlar, sovun va dush uchun gelь egallaydi. Shampunь ham jadvalning oldi pog‘onalarida turadi. Shellak manikyuri ham ko‘pgina go‘zallarni noqulay ahvolga solib qo‘ymoqda. Xo‘sh nima qilish kerak? Axir pardoz-andozdan voz keching deyish, umuman ko‘chaga chiqmang deyish bilan barobar-ku? Yaxshisi rastalardan «gipoallergen» yozuvli vositalarni izlang. To‘g‘ri ular noxushlikdan yuz foiz himoyalaydi deya olmaymiz. Іyech bo‘lmaganda minglab ko‘ngillilarda sinalib, tekshirilib, keyin ishlab chiqarilaganini bilasiz. Bu esa ishonch uyg‘otadi.
Qolaversa, allergiya yuzaga keltirdi degani, doim ham vositaning sifatsiz ekanidan darak beravermaydi. Shunchaki, tanangiz undagi qaysidir moddani qabul qilmayapti. O‘sha modda qaysiligini dermatolog-shifokor bilan birgalikda aniqlab, o‘zingizga mos kosmetikani tanlasangiz muammongiz oson hal bo‘ladi.
MAFTUNA tayyorladi.

Manba: Darakсhi.uz
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 633 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт