Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 13.08.2020, 08:44


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

13:54

Qanday holatdagi sabzavot va mevalar foydaliroq: yangi uzilganlarimi yoki muzlatilganlari?


Joylandi: 17.06.2017 | 13:54

Odatda biz yangi terilgan sabzavotlar, mevalar va rezavor mevalarni afzal ko‘ramiz. Bizga muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida foydali mikroelementlar kamaygandek bo‘lib ko‘rinadi. Bu haqiqatan ham shundaymi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqamiz.

Oziq-ovqatlarning ta’mini va yangiligini saqlab qolish uchun ko‘pchilik muzlatishga urinib ko‘rdi. Birinchi bo‘lib XX asr boshlarida kashfiyotchi Klarens Byordsay bunga erishishga muvaffaq bo‘ldi.
Bugungi kunda muzlatishdan oldin sabzavotlar ustidan qaynoq suv quyiladi. Oziq-ovqatlar haroratning bunday tarzda o‘zgarishi natijasida tarkibidagi ba’zi foydali elementlarni yo‘qotadi.
Lekin shuni esda tuting:
Yangi oziq-ovqatlarga hech qanday ishlov berilmasa ham ular tarkibidagi ozuqaviy moddalarning bir qismidan ajraladi.
Masalan, yashil no‘xat terilganidan keyin 24–48 soat davomida tarkibidagi C vitaminining deyarli yarmini yo‘qotadi.
Kaliforniya Universiteti xodimlari muzlatilgan va yangi sabzavotlar tarkibidagi ozuqaviy moddalarni o‘zaro solishtirib ko‘rdi, lekin hech qanday jiddiy farq topa olmadi.
Masalan muzlatilgan makkajo‘xori, qorag‘at va qo‘zoqli loviyalarda C vitamini yangi uzilganlariga qaraganda ko‘proq ekanligi aniqlandi. Shuningdek, muzlatilgan brokkoli tarkibida B2 vitamini ko‘proq saqlanar ekan.
Olimlar boshqa tadqiqotlar doirasida muzlatilgan va yangi terilgan oziq-ovqatlar tarkibidagi kletchatkalar, magniy, rux, temir va kalsiylarni solishtirib ko‘rganida ahamiyatli farqlarni topa olmadi.
Muzlatish kamerasida saqlangan sabzavotlar va mevalar hamma vitaminlar va minerallarni ushlab turadi.
Ozuqaviy moddalar miqdori to‘g‘risida xavotir olish kerak emas. Muzlatilgan va yangi uzilgan oziq-ovqatlar orasidagi asosiy farq — faqat ularning mazasida.
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 1426 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: sabzavot, holatdagi, VA, uzilganlarimi, qanday, mevalar, muzlatilganlari?, yangi, yoki, foydaliroq: | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт