Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 19:27


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

17:56

Qanday qilib sevilish mumkin?

Joylandi: 26.03.2017 | 17:56

Qiz bola bilan muloqot qilish qiyin emas. Ayniqsa, siz u bilan tanish bo'lsangiz. Ammo, uning e'tiborini qozonish - ancha qiyin vazifa. Ko'pchilikka bu ilojsizdek ko'rinadi. Unda bugun ziyo-music.com da ilojsiz narsani yengil hal bo'ladigan ishga aylantiramiz!
Siz unga qo'ng'iroq qilishingiz va xabarlar jo'natishingiz mumkin. Balki, ochiqchasiga unga g'amxo'rlik qilib, uchrashuvlarga taklif qilishingiz, hatto qimmatbaho sovg'alar ham berishingiz mumkin. Ko'pincha bunday bo'ladi, siz hatto bor e'tiboringizni unga qaratib, doim u haqida o'ylaysiz, biroq u baribir sizni jiddiy qabul qilmaydi. Nima qilmangki u baribir sizni yigiti deb ko'rmaydi.
Ho'sh? Qanday qilib qiz bolaning e'tiborini qozonishimiz mumkin?
Yigitlarning asosiy muammosi shundaki ular qiz bolani farishta deb bilishadi. Ular bunday o'ylashadi: U qiz mening darajam emas, uning e'tiborini qozonishim uchun unga arziydigan biror narsa qilishim kerak!
Aslida uning nazariga tushish uchun bir narsani eslab qolishingiz kerak xolos: Sizlar bir xil darajadasizlar!
Shart emas, uning ko'zida o'zingizni romantik yoki boshqacha ko'rsatib, uning uchun oyni olib tushishingiz.
Yaxshisi quyidagi beshta maslahatga amal qiling!
1. Unga ko'p e'tibor qaratmang.
Qiz bola sizga o'z e'tiborini qaratishi uchun siz unga e'tiborsiz ekanligingizni ko'rsata olishingiz kerak smile
Nima uchun?
Negaki, barcha kuchli jins egalari qarama - qarshi jins vakillariga katta e'tibor berishadi. Qachonki ular gapirganda barcha erkaklar ularni eshitib turadilar. Ulardan e'tiborlarini uza olmaydilar.
Siz buning aksini qiling! Qiz bola nimadur qilayotganda yoki gapirayotganda barcha uni diqqat bilan tinglayotgan bir vaqtda siz unga e'tibor qaratmang. O'z ishingizni bajarishda davom etavering.
Bu ish beradi! Birdaniga emasku, ammo ish berishi aniq!
Agar u biron kulguli gap aytsa va barcha uning gapiga kula boshlasa, siz jimgina jiddiy qiyofa bilan o'tiravering.
Qisqasini aytganda, atrofdagilardan ajralib turing!
Uni butunlay mensimaslik ham bo'lmaydi. Ba'zida u bilan gaplashib turish ham mumkin. Ammo u sizning e'tiboringizni kichik dozalarda qabul qilishi kerak.
2. Social Proof
U sizni atrofdagilar hurmat qilishini va fikrlaringiz bilan hisoblashishini ko'ra olishi kerak. Kollektivdagi suhbatlarda faol ishtirok eting va mavzuni o'zingizga kerakli tomonga burib, hazillar qilib turing.
Agar siz bunday qilishni bilsangiz, ajoyib! Sizning kollektivingizdagi barcha qizlar siz bilan uchrashishga tayyor ( Siz hozirgacha bu haqida bilmaganmidingiz? wink )..
Agar siz hech ham yetakchi bo'lmagan bo'lsangiz, o'zingizni rivojlantirishga urunib ko'ring.
Hech bo'lmasa u sizga qarab turgan paytlarda shunday qilishga harakat qiling. :).
3. Ishonch va kuch
Siz hech qanday yo'l bilan kollektiv bilan munosabatlaringzni o'rnata olmasligingiz mumkin. Balki, boshqa liderlar sizning obroingizga putur yetkazishga harakat qilishlari mumkin. Bu holatda faqat ikkita yo'l mavjud.
Birinchi yo'l: Oxirigacha kurashish va boshqalarni sizning ustingizdan kulmasliklariga erishish. Bu yo'l sizdan parvosizlikni va barcha narsa bilan tavakkal qilishni talab etadi.
Ikkinchi yo'l: Ularning barcha zarbalariga ishonch bilan javob berish. Agar ular buni davom ettirsalar, siz yanada qattiq va yoqimsiz qilib javob qaytarishingiz kerak bo'ladi.
Shunday yo'lni tanlangki unda o'sha odamlar sizga kamroq e'tiroz bildirishsin. Ammo, o'z fikringizdan yiroqlashmang.
Ishoning, qizlar doimo sizni kuzatishadi. Agar kimdur sizdan ustunligini ko'rsata olsa, o'sha inson unga sizdan ko'ra ko'proq yoqa boshlaydi.
4. Siz unda uyg'otadigan hissiyotlar
Qiz bola sizga e'tibor qaratishi uchun o'zingizni shunday tutingki, unga qiziqarli va quvonchli bo'lsin. U shuni tushunishi kerakki siz - qiziqarli, sirlisiz va qizlarga yoqasiz.
Buning uchun siz nima qila olasiz?
Unga yaqinlashing va bitta noodatiy savol bering. Misol uchun: "Menga qara, boya menga bir qiz do'stlashishni taklif qildi. Sen ayol va erkak o'rtasidagi do'stlikka ishonasanmi?".
Bu savol sizga qarama qarshi jins vakilalari tomonidan talab kuchli ekanligini ko'rsatadi. Eng muhimi siz unga gaplashish va bahslashish qiziqarli bo'lgan mavzuni taklif qilasiz.
Yana bir yo'l. Siz uning kamchiliklaridan kulishingiz mumkin. Faqat, qachon? Qachonki uning o'zi sizga biron kamchiligindan noliganda. Bu paytda boshqa "omadsizlar" uni qo'llashga urunishadi. Ammo, siz "omadsiz" emassiz! Ana shunday paytda uning fikriga qo'shilishingizni aytasiz. Bu unda juda pozitiv reaksiyalarni yuzaga keltiradi. (Negatividan esa siz qo'rqishga majbur emassiz wink . )
Va nihoyat, sizning asosiy qartangiz - Sirlilik. Qachon hamma sizdan aniq ishni qilishingizni kutayotgan bir paytda siz boshqacha yo'l tutasiz. Muhimi - bu uning nazarida sizning ko'rkamligingizga ta'sir etmasligi kerak.
5. Uning ilmoqlariga ilinmang!
Siz unga mehribonligingizni doim ko'rsatib tursangiz, uning istaklarini darhol bajo keltirsangiz u sizni butunlay o'ziniki deb his etadi va sizga bo'lgan qiziqishi yo'qoladi. Ba'zida uning o'zi sizga qiziqish bildirib turishi mumkin, o'zining navbatdagi ilmoqlarini tashlab. Sizga sms yozishi, ovozli xabarlar qoldirishi mumkin. Agarda siz unga darhol javob qaytarib tursangiz u shuni tushunib yetadiki: hushtak chalsa bas, siz uning yonida bo'lasiz.
Bu muammoning javobi oddiy:
Uning smslariga darhol javob berish shart emas. Ayniqsa, ular "Qaleysiz", "Ishlar qalay" kabi bo'lsa. Bularga umuman javob bermasa ham bo'ladi. Birozdan so'ng u bilan gaplashishni boshlashingiz mumkin. Ammo ko'p emas. Unga doim kamdek tuyulishi uchun.
Shunda u sizning e'tiboringizni qadrlay boshlaydi.
Muhimi siz undan voz kechib ketishingiz mumkinligini tushunib turishi. Axir atrofda qanchadan - qancha chiroyli qizlar yuribdi!
Категория: Sevgi dunyosi / Sevgi haqida | Просмотров: 2088 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/17

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт