Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 19.01.2020, 08:08


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

20:53

Qaysi alomatlar qariy boshlaganingizni bildiradi?


Joylandi: 12.12.2019 | 20:53

Shunday paytlar bo‘ladiki, odam qarib qolmadimmikan, deb o‘ylab qoladi. Bu yoqimsiz savol shifokorlarni ham, sotsiologlarni ham, jurnalistlarni ham qiziqtiradi. «Future You» jamoat tibbiyot tashkiloti buyurtmasiga ko‘ra, keng qamrovli tadqiqot o‘tkazildi. Uning natijalari «The Independent»da chop etildi.

«Rambler»ning aniqlashicha, olimlar 40 yoshdan oshgan qariyb 2 ming kishining ahvolini va shikoyatlarini tahlil qilishdi. Ularni so‘rovnomadan o‘tkazishgach tibbiy ko‘rsatkichlarini o‘rganishdi. Bularning bari umumlashtirilib, taqqoslandi va shunday xulosalar berildi.

Jumladan, olimlar qarilikning yaqqol «alomatlari» deb topilgan asosiy belgilarni ajratib olishdi.
Buni qarangki, yoshi o‘tgan odamlar shikoyat qiluvchi asosiy muammolar ularning tibbiy ko‘rsatkichida ham o‘z aksini topgan.

Bular orasida mushaklarning qotib qolishi, harakat cheklanishi, tizza sohasidagi noxush hislar bor.
— Shunisi g‘alatiki, aholining qariyb yarmi bo‘g‘imdagi og‘riq va mushaklardagi qattiqlikni qarilik alomati deb biladi, — deyiladi tadqiqotda.

Qizig‘i, ko‘pchilik quloqlarining kattalashgani va kerak bo‘lmagan joyda tuklar o‘sishi haqida ham aytishgan.
So‘rovnoma ishtirokchilarining aksar qismi yosh o‘tgan sari oyoqlarini chalishtirib o‘tirolmasligi, bir piyola choy ichganda ham nafas olishga qiynalib qolishini payqashgan.
Tajriba qatnashchilarining juda ko‘pchiligi xotira muammosi, aynan voqea-hodisalarni eslab qololmaslikdan shikoyat qilishgan.

Bundan tashqari, mutaxassislar yana o‘nta «qarilik alomati»ni alohida ajratishdi. Boshda soch kamayishi, bo‘g‘imlardagi noxush his, engashganda beixtiyor ingrash, parishonxotirlik (ko‘zoynak va kalitlarini yo‘qotib qo‘yish), burun va quloqlarida tuk o‘sishi, og‘ir yukni ko‘tarolmay qolishi shular jumlasidan.

Shuningdek, xitga aylangan birortayam qo‘shiqni bilmaslik, «bizning davrimizda» iborasini tez-tez takrorlash, sershovqin joylarni yoqtirmaslik, faqat qulay kiyim tanlash, televizor oldida uxlab qolish kabilar yaqinlashib kelayotgan qarilikdan «signal» beradi.
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 97 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт