Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 19.02.2020, 02:10


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

13:53

Qo`l barmoqlaridagi nuqtalarni uqalash yordamida, og`riqlarni qoldiring!

Joylandi: 28.05.2017 | 13:53

Sharq tabobatida qo`l barmoqlaridagi nuqtalarni uqalash yordamida organizmdagi almashinuv jarayonlarini tiklash, qon aylanishini yaxshilash, og`riqni engillashtirish mumkin deyiladi. Uqalash mashqi muntazam bajarilganida esa teri holati yaxshilanib, salomatlik tiklanib boraverar ekan. Yaponiyaliklar mazkur usulni uzoq umr ko`rish sirlaridan biri deb ataydilar. Xo`sh, barmoqlarni uqalash mashg`ulotini sinab ko`rasizmi?
Bosh barmoq:
Yurak va nafas yo`llari salomatligi uchun mas`ul bo`lgan bosh barmoq yostiqchasini soat aylanasi bo`yicha uqalaysiz. Bu ishni har kunlik odat tusiga aylantirsangiz, yurak bezovtaliklari kayadi.
Ko`rsatkich barmoq:
Hazm faoliyatining buzilishi, qabziyat, qorin dam bo`lishi, ichaklarda siqilish (spazm) kuzatilganida aynan shu barmoq yostiqchasini uqalash lozim. Darvoqe, ko`rsatkich barmoqni uqalash yordamida ichaklar faoliyatini ham tartibga keltirsa bo`ladi;
O`rta barmoq:
Ko`ngil aynishi, bosh og`riqlari va uyqusizlikda o`rta barmoqni asta uqalang, tezda engil tortatsiz;
Nomsiz barmoq:
Tushkunlik, asabiylik va alamzadalik ta`qib qilayaptimi? Nomsiz barmoqni uqalang-da, o`zingizni ko`lga oling. Ushbu barmoqni uqalash tanani bo`shashtiradi;
Jimjiloq:
Ob – havoga ta`sirchanlik sabab kelib chiqadigan bosh og`riqlari, tish og`rishi va jigar kasalliklarida aynan jimjiloq barmoqni uqalash aytiladi.

N.Ilyosova tayyorladi

Manba: Darakchi.uz
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 598 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: ogriqlarni, nuqtalarni, Qol, qoldiring!, yordamida, uqalash, barmoqlaridagi | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт