Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 19.02.2020, 03:15


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

14:03

Ramazon oyida kosmetika va parfyumeriya vositalaridan foydalansa bo‘ladimi?

Joylandi: 31.05.2017 | 14:03

Ramazon oyi kirib kelishi bilan ro‘zadorlar uchun turli savollar o‘rtaga chiqadi. Ayniqsa, ayollar orasida. Chunki ayol kishi kosmetika va parfyumeriya vositasini ko‘p ishlatgani uchun, ro‘za vaqtida shu masalada unda turli savollar paydo bo‘ladi. Ramazon oyida kosmetika va parfyumeriya vositalarini ishlatish hukmi qanday? Bu haqda Islom.uz saytida javob berilgan.
SAVOL:Ro‘zador odam yuzni parvarishlash maqsadida yuziga krem surishi mumkinmi? Buning ro‘zaga zarari yo‘qmi?
JAVOB:Ro‘zador odamning yuzga krem surishi joizdir. Buning ro‘zaga zarari yo‘q. Chunki u badanning ustiga suriladi, u ichga kirmaydi. Ro‘za esa ichga kirgan narsalarga buziladi. Agar badandan so‘rilsa ham, odatdagi joylardan kirmaganligi uchun ro‘zani ochmaydi.
SAVOL:Ro‘za holatda atir ishlatish mumkinmi? Gul va shunga o‘xshash xushbo‘yliklarni hidlashchi?
JAVOB:Ro‘zada atir ishlatish durust. Gul hidlash ro‘zani ochmaydi. Anas ibn Molik raziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan “Ro‘zador odam o‘pishi mumkinmi?” deb so‘raydi. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Buning rayhon gulini hidlagandek zarari yo‘q”, deydilar. (Tabaroniy rivoyati). Demak, gul hidlash o‘pish kabi ro‘zani ochmas ekan. Faqat ud, anbar va shunga o‘xshash o‘tga tashlaganda hid chiqaradigan xushbo‘yliklarning tutunini ichga kiritsa, ro‘zani ochadi. Shuningdek, ro‘zada isiriq tutatib, tutunni ichga kiritsa ham ro‘za ochiladi. Imom ash-Shurunbuloliy: “Odamlarning ko‘pchiligi bundan g‘ofildirlar. Ularni ogohlantirish kerak, chunki, ular atir bilan udu anbar tutunini bir xil deb o‘ylaydilar”, degan. (“Mavsu’at ul-fiqhiyya”).
SAVOL:Ro‘zador holatda sochni bo‘yash, xina bilan yuvish mumkinmi? Sochni bo‘yashning namozga, tahoratga ziyoni bormi?
JAVOB:Ro‘zador holatda sochni bo‘yash va xina qilishning ro‘zaga zarari yo‘q. Chunki u ko‘zga surma qo‘ygandek, ro‘zaga aloqasi bo‘lmagan amaldir.
Soch bo‘yog‘i oddiy rang bo‘lgani uchun namoz, aniqrog‘i, tahoratga ziyoni tegmaydi. Chunki u suv o‘tkazadigan narsadir. Binobarin, tahorat xina qilingan soch bilan ham komil bo‘laveradi.
SAVOL:Ro‘zador odam ko‘ziga surma surishi mumkinmi? Bu ishning joizligi haqida dalillar bormi?
JAVOB:Ro‘zador odamning surma surishi mumkinligi haqida hadisi shariflarda sahih rivoyatlar kelgan, albatta. Jumladan, Ibn Mojja Oisha onamiz raziyallohu anhodan qilgan rivoyatlarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ro‘zador holida ko‘zlariga surma qo‘yishlari zikr etiladi. Shuningdek, ushbu rivoyatni Abu Dovud va Doraqutniylar ham keltirishgan. Sahobiyi kiromlardan Anas ibn Molik raziyallohu anhu ro‘zador holida ko‘zlariga surma qo‘yar ekanlar. Buni Imom Buxoriy va Imom Muslim ittifoq qilib rivoyat qilganlar.
Imom Termiziy Anas raziyallohu anhudan rivoyat qiladi.
Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, ko‘zi og‘riyotganini, ro‘zador bo‘la turib, ko‘ziga surma qo‘yishi mumkinligini so‘raydi. Ul zoti sharif: “Mayli”, deb ruxsat beradilar.
Tobi’inlarning ulug‘laridan Hasan Basriy va Ibrohim Naxa’iylar ham ro‘zador odam ko‘ziga surma qo‘yishini joiz, deb bilganlar.
Demak, ro‘zador odam ko‘ziga surma qo‘yishi mumkin. Garchi surmaning ta’mini halqumida sezib qolsa ham, ro‘zaga zarari yo‘qdir. (“Jomi’ ur-rumuz”, “Badoyi’”).

Manba:Kun.uz
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 884 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: parfyumeriya, VA, foydalansa, oyida, Ramazon, kosmetika, vositalaridan, bo‘ladimi? | Рейтинг: 5.0/4

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт