Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 29.03.2020, 16:37


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

12:31

Ramazon oyida ovqatlanish borasida yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Joylandi: 31.05.2017 | 12:31

Ko‘pchilik Ramazon oyida ovqatlanish borasida ba’zi xatoliklarga yo‘l qo‘yishadi. Maqolada ana shu xatoliklarga va ularning yechimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Har kuni tarkibida ko‘p miqdorda shakar, qo‘shimchalar va rang beruvchilar qo‘shilgan ichimliklar ichish
– Yechimi: Ularni bir haftada ikki martadan ko‘p ichmaslikka harakat qiling.
Ko‘p miqdorda suv ichish
– Nima uchun: Qorinning suvga to‘ldirilishi uni ovqatlardan ko‘ra ko‘proq bezovta qiladi.
– Yechimi: iftorlik paytida bir necha ho‘plam, keyin esa har soatda bir piyoladan ichish.
Iftorlikdan keyin bevosita jismoniy mashqlar bajarish
– Nima uchun: bu vaqtda organizmdagi qon aylanish me’da atrofida to‘planadi.
– Yechimi: hazm qilishni yengillashtirish uchun mashqlarni ovqatlangandan 2 soatdan so‘ng bajarish kerak.
Ovqatni tez chaynash va yutish
– Nima uchun: ovqatni sekin chaynash hazm qilishni tezlashtirishga va vaznni tutib turishga yordam beradi.
Iftorlikdan so‘ng darrov shirinlik yoki shirinlik qo‘shilgan taom iste’mol qilish
– Nima uchun: bu sizni lanj va mudroq qilib qo‘yadi.
– Yechimi: kechki namoz va taroba o‘qish paytlarida tetik bo‘lib qolish uchun iftorlik va shirinlik yeyish orasidagi tanaffus kamida 2 soat bo‘lishi lozim.
Tarkibida natriy yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar iste’mol qilish
– Nima uchun: ro‘za tutish vaqtida natriy chanqoqlikka sabab bo‘ladi.
– Yechimi: o‘rniga tarkibida kaliy yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qiling, ular organizmdagi suvni saqlaydi va chanqoqlikni bosadi.
Bananlar tarkibida ko‘p miqdorda kaliy mavjud. Saharlik paytida yeyilgan banan kun davomida chanqoqlikni kamaytirishga yordam beradi.
Saharlik uchun eng yaxshi kaliy manbalari:
*.banan
*.sut
*.xurmo
*.avokado
*.quritilgan shaftoli
*.pista
*.qovoq
*.no‘xat
*.qora shokolad
Saharlik uchun mos kelmaydi:
*.kabob (doner)
*.pitssa
*.fast-fudlar
*.pishloq
*.sutli choy
Saharlik uchun juda mos keladi:
*.kartoshka
*.guruch
*.xurmo
*.qora non
*.banan
*.bir necha qoshiq yogurt
*.bir piyola kardamonli choy
Saharlik paytida ko‘p suv ichish muhim, lekin uni iftorlikdan saharlikkacha bo‘lgan vaqt ichida bir maromda ichish undan ham muhim.
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 1182 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: qo‘yiladigan, borasida, oyida, Ramazon, xatolar, ovqatlanish, yo‘l | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Рекомендуемы
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт