Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 14.08.2020, 00:50


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

12:45

Rasman! O‘zbekistonga 10 iyuldan kuchaytirilgan karantin qaytdi


Joylandi: 08.07.2020 | 12:45

Respublika maxsus komissiyasining yangi talablari 8-iyul kuni @koronavirusinfouz Telegram-kanalida e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar O‘zbekiston miqyosida quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:

avtotransport vositalarining harakati cheklandi;
davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;
davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish belgilandi;
hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
tomosha, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi;
to‘y hamda boshqa oilaviy marosimlarni o‘tkazish taqiqlandi;
65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib harakatlanishi cheklandi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 186 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Rasman! O‘zbekistonga 10 iyuldan ku | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт