Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 29.03.2020, 16:18


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

13:57

Rossiyalik ayol omadsiz plastik jarrohlik tufayli o`zi va 8 yoshli o`g`lining joniga qasd qildi


Joylandi: 21.10.2016 | 13:57

Rossiyaning Omsk shahrida dahshatli hodisa yuz berdi. 33 yoshli Anna o`z joniga qasd qildi. U o`zi bilan birga 8 yoshli o`g`lining ham o`limiga sabab bo`ldi. Bu haqda “ Cosmo.ru” xabar bermoqda.
Anna ko`p qavatli uyning 9 qavatidan qo`lida uxlayotgan 8 yoshli o`g`li bilan birga sakragan.
Annaning tanishlari hozirga qadar yuz bergan hodisadan o`ziga kelolmayapti. Marhumaning hayoti xavas qilgulik darajada edi: Uning sevimli turmush o`rtog`i, farzandi bor edi. Biroq, keyinchalik ma`lum bo`lishicha, er-xotinlarning munosabatlari so`nggi paytlarda sovigan edi. Ular 2 yildan beri alohida yashayotgan edi. Bu yil ajrashishga qaror qilishgan edi.
Omsk viloyati tergov boshqarmasining ma`lumot berishicha, Anna o`z joniga qasd qilishi sabablarini yozib, xat qoldirgan. U eri bilan ajrashish jarayonini boshdan kechirayotgan edi.
Anna bundan avval ham bir necha marta joniga qasd qilishga uringan. Bunga sabab esa burnini to`g`irlash bo`yicha omadsiz o`tkazilgan jarrohlik amaliyoti bo`lgan. O`shanda uni na ota-onasi, na eri, bir so`z bilan aytganda hech kim qo`llab-quvvatlamagan edi. Aksincha, ular vaziyatni yanada chuqurlashtirishdi. Annani psixonevrologik dispanserdan ro`yxatdan o`tishga majburlashdi.
“Annani o`z joniga qasd qilish darajasigacha olib borishdi. Shunga majbur qilishdi”,—deydi marhumaning dugonasi.
Anna biroz avval onalik huquqidan mahrum etilgan edi. Mazkur holat ham unga qattiq ta`sir ko`rsatgan. O`limidan oldin yozgan xatida u barcha yaqinlariga murojaat qildi va “Mana shu dard bilan yashang!” degan alamli ta`nani yozib qoldirdi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 4267 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: oglining, Ozi, Rossiyalik, VA, tufayli, ayol, yoshli, omadsiz, Plastik, jarrohlik | Рейтинг: 5.0/8

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Рекомендуемы
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт