Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 05.06.2020, 20:10


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

13:48

Samarqand, Termiz va Nukusda havo haroratining iliqligi bo‘yicha 1963-yilgi rekordlar yangilandi

Joylandi: 25.02.2016 | 13:48

25-fevral kuni havo harorati Samarqand shahrida
+25,7 darajagacha, Termizda +27,5 darajagacha,
Nukusda esa +26,4 darajagacha ko‘tarildi, deya
xabar bermoqda “O‘zgidromet ”. Bu meteorologik
kuzatuvlarning 25-fevral tarixi bo‘yicha uchala
shaharda qayd etilgan yangi rekordlardir.
Samarqand, Termiz va Nukusda havo haroratining
iliqligi bo‘yicha 25-fevral tarixidagi avvalgi
rekordlar 1963-yilda o‘rnatilgan edi. O‘shanda
Samarqand shahrida havo harorati +24,6
darajagacha, Termizda +26,9 darajagacha, Nukusda
esa +20,2 darajagacha ko‘tarilgan.
2015—2016-yilgi qish mavsumi, ayniqsa, yanvar
va fevral oylari O‘zbekistonda odatdagidan iliq
keldi. Toshkent, Samarqand, Termiz va Nukus
shaharlarida yanvar va fevral oylarining alohida
kunlarida bungacha ham bir necha bor havo
haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar
o‘rnatilgandi.
Xususan, 22-fevral kuni Toshkentda havo
haroratining iliqligi bo‘yicha 121 yillik rekord
yangilangan edi .
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 648 | Добавил: VerSign | Рейтинг: 5.0/11

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт