Ziyo-Music.Com
Shanba, 17.08.2019, 20:31
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 6515
Статистика

Xozir saytda: 45
Mexmonlar: 45
Foydalanuvchilar 0

23:29

"Senga oshiqman" va "Sevgi Iztirobi" seriali amaldagi qonunlarga zid ekani aytildi

Joylandi: 26.01.2018 | 23:29

«Milliy tiklanish» gazetasi saytida «Ko‘r-ko‘rona serial fanatizmi: u biz va farzandlarimizni qay tomon yetaklamoqda?» nomli maqola e’lon qilindi. Maqolada yurtimiz telekanallarida namoyish etilayotgan bir qator seriallar xalqimiz ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani tanqid ostiga olingan.
Jurnalist Nigora Nishonboyeva telekanallarning birida namoyish etilayotgan «Sevgi iztirobi» seriali haqida «shohona hayot ortida «ommaviy madaniyat»ning jirkanch qiyofasi, tarbiyasizlikning yuksak namunasi «mana men», deb bo‘y ko‘rsatib turgani serialga mukkasidan ketgan tomoshabinni zig‘irchayam qiziqtirayotgani yo‘q»ligini ta’kidlagan. Muallifning fikricha, erlik ayolning sobiq sevgilisi bilan ishq-muhabbat ko‘yida yurishi, oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onga xiyonat qilish, «sendan ugina, mendan bugina» qabilida ish tutishini har qanday holatda ham oqlab bo‘lmaydi. «Bir kun qarasang, bir-biridan yuz o‘girgan, hayotning zarbalariga mardonavor turishlikni kelishib olishgan oshiq-ma’shuqlar ertasiga yana avvalgidek «o‘ldim-kuydim», «besh yil umrim hijronda o‘tdi, sensiz yasholmayman, o‘laman», deya dod-faryod solib, alaloqibat qayta topishib olishga ham ulguradi. Pochchasi bilan ishqiy munosabatga kirishgan, hatto farzand orttirib, eri bilan hech narsa bo‘lmagandek yashash, ota-onaga nisbatan hurmatsizlik, aka-ukachilik, jigarchilik, qon-qarindoshlik rishtalarining qadrsizlanishi, ochiq kiyinish va shunga o‘xshash ko‘plab axloqsizlik holatlarini hech qachon oqlab bo‘lmaydi. Mehr-muhabbat, or-nomus, ibo va hayo kabi muqaddas tuyg‘u-tushunchalarni shunchalar arzon bilish, ne ko‘ylarga solish yaramaydi. Axir dunyo va uning muvozanatini saqlab turgan narsalar shular emasmi?», — deb yozadi jurnalist.
Nigora Nishonboyeva, shuningdek, «Kinoteatr» telekanalida namoyish etilayotgan «Senga oshiqman» (Ishani) seriali amaldagi qonunchiligimizga zid ekanini aytgan.

«Senga oshiqman» serialidan lavha
«Endigina Ishani balosidan qutulgan edik hamki, yana Ishani va Ranvir hayotimizga (ha, ha, hayotimizga!) qayta kirib keldi. «Yoshlar» teleradiokanali tasarrufidagi «Kinoteatr» telekanali mas’ul rahbarlari uchun xalq ma’naviyatining ahamiyati yo‘q, shekilli, ushbu serial namoyishi shu kanalda qayta qo‘yildi. Uy bekalarining bosh mavzusi yana Ishanixonning oh-vohlaridan, hayot tarzlari serial ikir-chikirlarini muhokama qilishdan iborat bo‘lib qoldi. Xo‘sh, buni qanday tushunish mumkin? Axir serial g‘oyasi xalqimiz mentalitetiga, milliy an’analar va oilaviy qadriyatlarga zid bo‘lib, uning mazmuni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlagani haqida qancha gapirildi-ku…
Mazkur serial mazmuni O‘zbekiston Respublikasi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni 14-moddasining 3-xatboshisi («qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir ko‘rsatishga, uni chalg‘itishga yo‘l qo‘ymaslik»), «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasi, 5-xatboshisi («yoshlar orasida odob-axloqni buzishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etiladi») hamda «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun 16-moddasining 3-xatboshisi («…bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi… filmlarni namoyish etish taqiqlanadi») talablariga zid emasmi?»
Категория: Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji | Просмотров: 889 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: ekani, senga, Zid, oshiqman, Iztirobi, SEVGI, seriali, qonunlarga, VA, amaldagi | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
добро пожаловать,
Логин:
Пароль:
Поиск
Категории раздела
Boy bo'lish uchun / Pulni ko'paytirish [20]
Dunyo yangiliklari [1431]
Sport yangiliklari [1143]
Yurtimiz yangiliklari [872]
Shou bizness yangiliklari [343]
Turfa olam [38]
Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar [593]
Tehnologiyalar [356]
Avtomobil olami [68]
Wapmasterlar uchun [33]
Munajjimlar bashorati [78]
Qo'shiq Matni [146]
Salomatlik sirlari [248]
Foydali Maslaxatlar [1106]
Ayollar Uchun [121]
Erkaklar uchun [44]
Bolalar salomatligi [50]
Keksalar salomatligi [4]
Burjlar olami [2]
Kompyuter Dasrliklari [23]
Yulduzlar biografiyasi [33]
Testlar, Psixologiya [101]
Pazandalik sirlari [198]
Mobil telefon sirlari [61]
8-martga sherlar, tabriklar [3]
21-mart navro'z bayramiga tabrik va sherlar [3]
1-aprel hazillari/ 1-aprel uchun hazil gaplar [3]
Sevgi dunyosi / Sevgi haqida [16]
Dunyo mamlakatlari haqida - osiyo yevropa okeyanlar [12]
Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji [143]
Qiziqarli maqolalar va Fikr mulohazalar [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [1]
SOCH TO'KILISHI HAQIDA / СОЧ ТУКИЛИШИ ХАКИДА [24]
Eng yangi super latifalar / Латифалар олами [13]
Календарь
«  Yanvar 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей