5-avgustdan boshlab Sevimli TVda kuniga faqat bitta xorij seriali uzatila boshlandi. Yana bir serial dam olish kuniga ko‘chirildi.
Sevimli TV’dagi 5 ta xorij serialidan 1 tasi qoldi Togri.uz – Sevimli TVda 5-avgustdan boshlab xorij seriallari keskin qisqartirildi. Efirdagi 5 ta serialdan bor-yo‘g‘i 1 tasi qoldi, yana 1 tasi shanbaga ko‘chirildi. Qolganlari olib tashlandi.
Avvalgi seriallar Avvalgi dastur bo‘yicha ushbu telekanalda “Ayol”, “Fazilat xonim va qizlari”, “So‘yla...Qoradengiz”, “Zuleyha” va “Chuqur” nomli xorij seriallari efirga uzatilar edi. Hozirda ulardan faqat “Fazilat xonim va qizlari” saqlab qolindi.
Dam olish kuni Hafta davomida berib boriladigan “Ayol” seriali esa shanba kuniga ko‘chirildi. Avvallari kuniga 2 qism takrori bilan berilgan bo‘lsa, endilikda takrorsiz faqat shanba kuni bir marta beriladigan bo‘ldi.
Vaqti o‘zgardi Hafta davomida namoyishi saqlanib qolingan yagona xorij seriali “Fazilat xonim va qizlari”ning efirga uzatiladigan vaqti esa 21:00 dan 19:30 ga ko‘chirildi.
Milliy serial boshlandi Dasturiy o‘zgarishlar natijasida olib tashlangan xorij seriallar o‘rnini to‘ldirish uchun Sevimli TV kanalida endi “Vijdon” milliy seriali qo‘yila boshlandi.