Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 28.02.2020, 16:08


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

21:30

Shavkat Mirziyoyev: «Ko‘p odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin menga ular yoqadi»


Joylandi: 21.01.2020 | 21:30

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

«Milliy saylov tizimini yanada rivojlantirish maqsadida xorijiy ekspertlar bilan forumlar o‘tkazib borsak ahvol o‘zgaradi. Ammo bitta forumning o‘zi yetarli emas. Xalq bilan maslahatlashish kerak. Parlament a’zolari shundan kelib chiqib, milliy qonunchilikni o‘zgartirib borsak xatolarimiz to‘g‘rilanadi.

O‘zbekiston parlamenti uchun hech kim chetdan kelib hech narsa qilib bermaydi, hech qachon.
Deputatlar va parlament a’zolari ko‘proq kitob o‘qishi kerak. Deputatning bilimsizligi qonun tashabbuskori uchun ma’qul vaziyat. Ma’qul ularga, bilib qo‘yinglar.

O‘zimizning va xorijiy OAVga rahmat. Saylov jarayonlarida juda faol bo‘lishdi. Mana debatlar vaqtida ko‘rdingizlar jurnalistlar tomonidan partiya vakillariga qanday keskin, muammoli savollar berilganini. Hozir OAV vakillari ham o‘z ustida ishlayapti, ular o‘zgaryapti. Men barcha jurnalistlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman mana shu faollik uchun.

Ko‘p odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin ular menga yoqadi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 139 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: lekin menga ular yoqadi», Shavkat Mirziyoyev: «Ko‘p odamlarga | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт