Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 19:41


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

00:10

Smartfonsiz ham bolani ovutish mumkin


Joylandi: 09.07.2016 | 00:10

Siz jamoat joyidasiz, aytalik restoran, kafe yoki shifokor qabulida navbatda… Deylik, kafedasiz. Ofitsiant buyurtmangizni tezda olib kelmayapdi. Yoki shifokor qabulidasiz, ismingizni aytib chaqirishlari ancha vaqtga cho‘zilayapti. Haqiqiy tomosha shunda boshlanadi.

Betoqat bolakay zerikib, injiqlanadi. Ba’zida hatto hiqqilab yig‘lashni boshlaydi. Suv berasiz tinmaydi, konfet va shu kabi mayda chuydalarning ovutish muddati juda kam. Fe’li keng hamrohlar bo‘lsa sizga bolani ovutishga yordam berishadi. Buni aksi bo‘lsachi, “betarbiya bolaning onasi” sifatida naq dashnomga qolasiz.

Aksiga olib yoningizda na o‘yinchoq na rasmli kitob bor. Bunday holatda ko‘pchilik tezda qo‘lidagi smartfonini bolaning qo‘liga tutqazadi. Bu esa eng maqbul usul emas.

Shifokorlar bola salomatligiga smartfonlarning zarari qanchalik ko‘p ekanligini allaqachon isbotlashgan. U bola ruhiyatiga, ko‘ziga va albatta nurlanish darajasi mavjudligi sababli mushak to‘qimalariga ham ta’sir etadi.

Yaqin yaqingacha ota-onalar o‘z bolalarini smartfonsiz ham ovutishgan. Quyida bolani smartfonsiz ovutishning bir necha foydali usullarini havola etamiz.

– agar restoranda bo‘lsangiz vilka, qoshiq, tish tozalagich va shunga o‘xshash narsalarni olib, bolangizga yaxshilab ko‘rib olishini ayting. Ularni salfetka bilan yopib, bolaga bildirmasdan biron buyumni olib qo‘ying. So‘ngra salfetkani ko‘tarib, “Qani bolajonim qaysi narsa yo‘q bo‘lib qolibdi?”, deb so‘rang. Shu tarzda ikki uch marotaba o‘yinni davom ettirsangiz bolangizda bu o‘yinga qiziqish ortib, zerikishdan va injiqlik qilishdan to‘xtaydi. Bu o‘yinning bola uchun juda katta foydasi bo‘lib, birinchidan bolada diqqatni jamlash shakllanadi, ikkinchidan xotirasini mustahkamlaydi.

– tanga yoki shunga o‘xshash mayda narsani bitta qo‘l kaftiga qo‘yib bolangizga ko‘rsating va qo‘llarni orqaga olib, tangani u kaftdan bu kaftga almashtiring. Keyin kaftlaringizni yopgan holda bolangizga ko‘rsating va bolangizga tanga qaysi qo‘lda ekanligini so‘rang. U topsa qanchalik aqlli va zukko ekanligini aytib, maqtab qo‘ying.

– bolangizga tanish bo‘lgan ashulani sekin xirgoyi qiling va bolangizni ashulaning nomini topishga undang.

– bolangiz bilan rang topish o‘yinini o‘ynang. Misol uchun siz bolangizdan stol ustidagi qizil, keyin, ko‘k, yashil va hokazo rangdagi biror narsani ko‘rsatishini so‘rang, so‘ngra bolangiz sizdan biror rangdagi narsani ko‘rsatishni so‘rasin. Bu o‘yin ham bolani chalg‘itishga, ovutishga ancha ko‘mak beradi.

* atrofingizdagi ma’lum bir narsalarning shaklini so‘rang. Misol uchun

tarelka dumaloqmi yoki uchburchak, kosa kattami yoki piyola.

* bolangiz 5-6 yoshlarda bo‘lsa oson topishmoq aytish o‘ynang. Misol uchun, “Yer tagida oltin qoziq ” …. va hokazo

Bu usullar farzandingizni siz bilan bo‘lgan vaqtni unumli o‘tkazishga, yanada zehni kuchayishiga turtki bo‘ladi. Eng asosiysi bola siz unga e’tibor qaratayotganingizdan albatta mamnun bo‘ladi.

 
Категория: Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar | Просмотров: 1748 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: Super, Smartfonsiz ham bolani ovutish mumk, smartfon, ajoyib malumot, qiziqarli malumotlar | Рейтинг: 5.0/5

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт