Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 19.01.2020, 23:08


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

20:44

Soch nega to‘kiladi?

Joylandi: 17.05.2017 | 20:44

Soch to‘kilishi muammosi nafaqat erkaklar, balki ayollar orasida ham keng tarqalgan. Farqli jihati shundaki, ayollarda soch to‘kilishining oldini olish yoki uni asl holiga qaytarish mumkin. Eng yaxshi davo bu — kasallikning oldini olishdir.
Muammoni o‘z vaqtida payqash va sochlarning jiddiy to‘kilishi oldini olish uchun ularni e’tibor bilan kuzatib borish va parvarish qilish kerak.
Sochlaringizni kun davomida taraganingizda taroqda qancha soch qolayotganligiga e’tibor bering. Agar to‘kilgan soch tolalari soni yuztadan kam bo‘lsa, demak, hammasi joyida. Aks holda, soch to‘kilishi sabablari haqida o‘ylab ko‘rish kerak.
Soch to‘kilishining bir necha sababi bo‘lishi mumkin. Davolab bo‘lmaydigan yagona holat bu — nasliy sababdir. Biroq bu juda kam ayollarda uchraydi. Sochlar organizmdagi gormonal o‘zgarish, masalan, klimaks davri yoki homiladorlikda to‘kilishi mumkin. Bunday holatlarda shifokorga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
Sabablardan yana biri bu — dietadir. Unutmang, sochlarning o‘sishi organizm qabul qilayotgan vitamin va minerallar miqdoriga bog‘liq. Me’yorlashtirilmagan dietalar sochlarning o‘z rangini yo‘qotib, to‘kila boshlashiga olib keladi.
Agar siz hech qanday sabab topa olmasangiz, biroq har kuni ko‘p soch yo‘qotayotganligingizni payqasangiz, qolaversa, sizni soch to‘kilishidan tashqari kuchli qazg‘oq va bosh terisining qichishi bezovta qilsa, maxsus shifokor — trixologga murojaat qiling.
Soch to‘kilishi jiddiy bo‘lmagan holatlarda sizga go‘zallik salonidagi muolajalar, uyda qo‘lllash mumkin bo‘lgan retseptlar va ovqatlanish rejimini o‘zgartirish yordam berishi mumkin.


Manba: Sof.uz
Категория: SOCH TO'KILISHI HAQIDA / СОЧ ТУКИЛИШИ ХАКИДА | Просмотров: 1091 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт