Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 05.06.2020, 22:13


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

14:39

Sog‘lom va go‘zal sochlar ham issiq havoda parvarishga muhtoj!

Joylandi: 05.06.2017 | 14:39

Issik havodasochlarimizjudaparvarishga muhtoj bo‘ladi. Qishki vitaminsizlik, sovuq havo va bosh kiyimini muntazam kiyib yurish oqibatida ular o‘z jilosini yo‘qotib, zaiflashib va xiralashib qoladi. Sizga uy sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan bir qancha muolajalarni tavsiya etamiz. Ozgina hafsala qilsangiz, natija sizni quvontirishiga aminmiz. Bu niqoblar quruq sochga surtiladi.
Jilo uchun.Haftada bir marta soch ildizlariga aloe sharbatini ishqalab surting. Bu nafaqat sochga jilo baxsh etadi, balki uni o‘stiradi ham.
200 g sabzini qirg‘ichdan o‘tkazib, suvini siqib olasiz, 2 osh qoshiq limon sharbati va 4 osh qoshiq repey yog‘i (dorixonalarda bo‘ladi) qo‘shasiz. Tayyor niqob sochga avaylab surtiladi va yarim soatdan keyin yuvib tashlanadi. Sochni artmay yoki fen bilan quritmay, shunchaki paxmoq sochiq o‘rab qo‘ysangiz, natija yanada a’loroq bo‘ladi. Faqat ehtiyot bo‘ling: sariq sochlarni sabzi suvi qizartirib qo‘yishi mumkin!
Oziqlantirish va mustahkamlash uchun.Ikkita tuxumning sarig‘ini yarimta limon sharbati bilan aralashtirib, 5 tomchi repey yog‘i tomizasiz. Aralashmani sochlarning butun uzunligi bo‘ylab surtib, 20 daqiqaga qoldirasiz. Keyin yuvib tashlaysiz. Muolaja har 8 kunda bir marta amalga oshirilishi kerak. Bu niqob sochlarni mustahkamlab, ularning taralishini osonlashtiradi. Soch to‘kilishi va tolalarining sinishiga barham beradi.
Soch uchi gullamasligi uchun.500 g qichitqi o‘t (krapiva) ustidan yarim litr qaynab turgan suvni quyasiz. Bir oz sovigach, dokadan o‘tkazib olasiz. Avvaldan yuvib, quritilgan sochlarga iliq damlamani surtib, yarim soatdan so‘ng yuvib tashlaysiz. Bu niqob soch piyozchasini mustahkamlaydi, uning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaydi va bosh terisi qichishishiga barham beradi. Muolaja haftada bir marta amalga oshiriladi.
Soch tarkibini tiklash uchun.1 choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq zaytun yog‘i, 1 choy qoshiq suyuq sovun va 1 ta kichik bosh piyozning suvini aralashtirasiz hamda soch ildizlariga 15-20 daqiqaga surtib qo‘yasiz. So‘ng qaynatilgan suvga suyuq sovun qo‘shib, yaxshilab yuvib tashlaysiz, keyin oqib turgan suvda chayasiz. Bu kompress soch to‘kilishiga qarshilik ko‘rsatib, zaiflashib qolgan tolalarni mustahkamlaydi hamda soch erta oqarishining oldini oladi. Bu muolaja bir, bir yarim oyda bir marta amalga oshirilsa kifoya.
Shuningdek, 1 osh qoshiq 40 foizli spirtga 1 dona tuxumning sarig‘ini aralashtirib, hosil bo‘lgan aralashmani bosh terisiga surtib qo‘yasiz. 40 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan chayib tashlaysiz. So‘ngra turli shifobaxsh o‘tlar damlamasi bilan boshingizni chaysangiz, soch to‘kilishining oldini oladi.
Qazg‘oqqa qarshi.1 osh qoshiq quritilgan oqqayin bargi (dorixonalardan topsa bo‘ladi)ning ustidan 300 ml qaynab turgan suv qo‘yiladi. 2 soat tindiriladi, so‘ng dokadan suzib olinadi. Bu damlamani har safar boshingizni yuvganingizdan keyin bosh terisiga yaxshilab surtasiz. Ushbu muolaja qazg‘oqqa barham berish bilan birga, sochlarning qalin va serjilo bo‘lishini ta’minlaydi qiladi.
Bosh terisining teshikchalariniochish uchun.3 osh qoshiq suli yormasi (gerkules)ni tuyib, 1 choy qoshiq bolalar sovuni qirindisi va 1 osh qoshiq un bilan aralashtirasiz. Bosh yuvishdan oldin soch ildizlariga surtib qo‘yasiz. Yuvish payti kelganda, taroq bilan niqobni sidirib tashlab, boshingizni yuvasiz. Bu muolaja bosh terisidagi mavjud kichik teshikchalarni ochib, terining yaxshi nafas olishini ta’minlaydi. Natijada sochlar yaxshi oziqlanib, sog‘lom va serjilo bo‘ladi.

Shahnoza To‘raxo‘jayeva

Manba: Darakchi.uz
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 1064 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: issiq, muhtoj!, VA, ham, sochlar, parvarishga, havoda, go‘zal, Sog‘lom | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт