Suriyaning Hama shahrida hudkush- terrorchi o'zini o'zi portlatib yubordi
Joylandi: 03.10.2016 | 19:28
Suriyaning Hama shahrida terakt sodir bo'ldi. Hudkush-terrorchi badanida o'rnatilgan bombani harakatga ketirdi. Bu haqda SANA agentligi habar bermoqda. Politsiya ma`lumotiga ko'ra, terakt oqibatida halok bo'lganlar va yaralanganlar bor. O'z navbatida, Reuters agentligining habariga ko'ra, ikkita portlash sodir bo'lgan. Voqea joyida o't o'chirish hizmati va shifokorlar ish olib borishmoqda. Politsiya va harbiylar tumanni o'rab olishgan.