Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 18.09.2019, 10:51


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

14:44

Telegram’da telefon raqamingizni butkul yashirish yo‘lini o‘rganib oling


Joylandi: 08.09.2019 | 14:44

Kuni kecha navbatdagi yangilanish bilan Telegram messenjerida xavfsizlik sozlamalari yanada takomillashtirildi. Biz undagi yangi imkoniyatlar, o‘zgarishlar va tuzatishlar ro‘yxatini alohida maqolada sanab o‘tganmiz.

 

Jumladan, endi sizning kontaktlaringiz ro‘yxatida bo‘lgan va sizniyam o‘z kontaktlariga qo‘shib qo‘ygan kishidan ham telefon raqamingizni yashirishingiz mumkin. Buning uchun messenjerning sozlamalariga kirib, «Konfidensialnost» bo‘limiga o‘tasiz va «Nomer telefona» bandini bosasiz.

O‘z telefon raqamingizni kimlarga ko‘rsatish mumkinligi «Kto vidit moy nomer telefona?» bandida belgilangan; aftidan, sizda «Moi kontakti» belgilangan bo‘lsa kerak. Bu holatda pastdagi blokda ikkita bandda istisnolar ro‘yxati bo‘ladi: raqamingizni hamisha ko‘rishi mumkin bo‘lgan va har qanday holatda ham ko‘ra olmaydigan yuzerlar.

Agarda xuddi shu «Kto vidit moy nomer telefona?» bandida «Nikto»ni belgilab qo‘ysangiz, pastida qo‘shimcha blok paydo bo‘ladi. Unda «Vse»ni tanlasangiz, shu paytgacha sizning telefon raqamingizni o‘z telefoni kontaktlariga qo‘shib qo‘yganlar raqamingizni Telegram’da ham ko‘ra olishadi.

Bordiyu bu blokda «Moi kontakti»ni belgilab qo‘ysangiz, hatto raqamingizni o‘z telefonida saqlab qo‘ygan tanishlaringiz ham, toki ularni Telegram’da o‘z kontaktlaringiz safiga kiritmasangiz, bu messenjerda sizni topa olishmaydi. Bu esa siz uchun Telegram’da yuqori darajadagi maxfiylikni ta’minlaydi.

Agarda Telegram’da maxfiylik sozlamalarini mana shu ikkinchi suratdagidek qilib qo‘ysangiz, allaqachon sizni o‘z kontaktlari safiga kiritib qo‘yganlar ham endi telefon raqamingiz va Telegram-profilingizni o‘zaro taqqoslay olishmaydi.

Категория: Mobil telefon sirlari | Просмотров: 44 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт