Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 20:38


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

18:26

«Tesla»ning yangi raqibi namoyish etildi


Joylandi: 29.10.2016 | 18:26

Xitoyning LeEco konglomeratiga tegishli Amerikaning Faraday Future kompaniyasi ilk seriyali modelining tizerini namoyish etdi. Niqobdagi avtomobil namoyish etilgan videolavha ishlab chiqaruvchining YouTube sahifasiga joylashtirildi.
Hozircha, model haqida boshqa ma`lumot keltirilmagan. Tesla bilan xaridorlar uchun kurashishga bel bog'lagan Faraday Future kompaniyasi yangi mahsuloti elektr motor bilan ta`minlanishini tasdiqlashdi.
Avval xabar qilinganidek, Faraday Future kompaniyasining birinchi seriyali modeli 2017 yil boshida Las-Vegasda bo'lib o'tajak iste`mol elektronikasi ko'rgazmasida namoyish etiladi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi, «oliy toifali, turli texnologiyalar bilan to'ldirilgan va eng uzoq masofaga yura oladigan elektromobil ishlab chiqish»ini ta`kidlab keladi.
Faraday Future’ning birinchi mahsuloti — kontsept elektr superkari FFZERO1 — 2016 yil yanvarida namoyish etilgan edi. Elektrokarga jami quvvati ming ot kuchiga teng 4ta dvigatel o'rnatilgan. Muhandislarning hisob-kitoblariga ko'ra, FFZERO1 100 km soat tezlikka 3 soniyadan kamroq vaqtda erisha oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 320 kmni tashkil etadi.
Категория: Avtomobil olami | Просмотров: 1056 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/4

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт