Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 14.10.2019, 09:30


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

21:31

«Toping-chi?» savollarga javoblar


Joylandi: 21.09.2019 | 21:31

1. Hindiston geografiyasini birinchi bo‘lib yozgan O`rta Osiyolik buyuk kishilar kim? Ular qaysi asrda sayohat qilgan va qanday asarlar yozgan?

2. Qaysi dengizning qirg‘oqlari yo‘q?

3. O`zi kichkina, ammo uch yarimsharda joylashgan orolni bilasizmi? Qaysi yarimsharlarda?

4. Gollivud shaharchasi qayerda va unimasi bilan shuhrat qozongan?

5. Panama va Suvaysh kanallaridan kemalar o‘tishida qanday farq bor?

6. To‘rtta shaklga e’tibor bering — qaysi yerlar tasvirlangan? Qaysi biri quruqlik, qaysi biri suvlik?

7. Daniya mamlakatini bilasiz, Daniya bo‘g‘ozini-chi?

8. Arabiston yarimoroli hammaga ma`lum. Ammo Arabiston choii qayerda?

9. Boltiq dengizi bilan Baykal ko`lini tarozining ikki pallasiga qo‘yib ko‘ring-chi, qaysi biri og‘ir ekan?

10. Farhod qoyalari va Shirin suvi qayerda?

11. Ikki qit’ada joylashgan davlat qaysi?

12. Beshta dengiz bilan o‘ralgan yarimorolni bilasizmi?

13. O‘rta Osiyoda dengiz sathidan pastroq bo`lgan botiqlar bormi?

14. Toshkentda yilning qaysi sutkasida yarim kun tun, yarim kun kunduzi bo`lishi mumkin?

15. Kun va tun yil bo‘yi bab-barobar bo`lib turishi mumkinmi?

16. «Chiroylidir go‘yo yosh kelin, ikki daryo yuvar kokilin» deb qaysi shoir qaysi she’rida nimalarni tasvirlagan?

17. Osiyo qit’asining eng markaziy nuqtasi (geografik markazi) qayerda?

18. Qush bo`lsa ham ucholmaydi. Ular qanday qushlar, qayerlarda yashaydi?

19. Ikki qit’a «qurshovida qolgan» orol qaysi?

JAVOBLAR
1. Hindiston geografiyasini tasvirlagan 0‘rtaosiyolik olim va sayyohlar ko‘p. Ulardan eng buyuklari: Abu Rayhon Beruniy XI asrda Hindistonda bo‘lgan, «Hindiston» nomli tarixiy-geografik asar yozgan. Abdurazzoq Samarqandiy XV asr boshlarida Hindistonga elchi bo`lib borgan. «Hindiston safamomasi» nomli asar yozgan. Zahiriddin Muhammad Bobur XVI asr boshida Hindistonda bo`lgan va «Boburnoma» tarixiy geografik asarini yozgan. Zokirjon Furqatning Hindistondan yuborgan xatlari ma`lum. O‘zbek olimlaridan Muxtor Ashrafiy, 0‘zbek Rustamov, Ziyoviddin Akramov vaboshqalar Hindiston shaharlari, tabiati va urf-odatlari to‘g‘risida qiziqarli kitoblar yozishgan.

2. Odatda, okeanning bir chekkadagi ma`lum bo`lakchasi dengiz deyiladi. Uning ikki-uch tomon qirg‘og‘i bo`ladi. Lekin dunyoda shunday birdan bir havza borki, uning haqiqatan ham qirg‘oqlari yo‘q. Bu — Atlantika okeani g'arbidagi Sargasoo dengizidir.

3. Chukotka dengizidagi Vrangel oroli (u mashhur dengizchi F.P.Vrangel nomi bilan atalgan) uch yarimsharda joylashgan: shimoliy yarimsharda, sharqiy va g‘arbiy yarimsharlar chegarasida, chunki 180-meridian kesib o‘tgan.

4. Gollivud-Amerika Qo'shma Shtatlarining g‘arbida, Los-Anjeles shahrining chekkasidagi kinostudiyalar shaharchasi AQSH kinosan’atining markazi

5. Panama kanalida shlyuzlar va kameralar bor, kemani vagonchalar tortib sudraydi. Suvaysh kanalida shlyuzlar yo‘q, kemalar bir tekis suzib yuradi.

6. To‘rtta shaklning ikkitasi orol, ikkitasi ko`l — Balxash va Baykal, Novaya Zemlya va Saxalin.

7. Daniya bo‘g‘ozi (Datskiy proliv) Daniya mamlakatining o‘zidan qariyb ikki yarimming kilometr pastda, Grenlandiya bilan Islandiya oraligidadir.

8. Arabiston yarimorolining o‘zidagi cho`llar Nefud, Rub al-Xoliy deb ataladi. Arabiston choii esa MisrArab respublikasi zaminida, Qizil dengizining g‘arbiy sohilida.

9. Boltiq dengizining maydoni (386000 km.kv) Baykal ko`lining maydonidan (32000 km.kv) 13 marta katta, ammo ancha sayoz. Baykal esa juda chuqur, shu sababli suv hajmi deyarli baravar.

10. Farhod qoyalari va Shirinsoy Sirdaryo bo‘yida, Bekobod shahri yaqinida.

11. Turkiya Respublikasi Osiyo va qisman Yevropada joylashgan.

12. Boltiq yarimoroli beshta dengiz bilan o‘ralgan: Adriatika, Ioniya, Egey, Marmar va Qora dengiz.

13. 0‘rta Osiyoda dengiz sathidan pastroq bo`lgan botiqlar (xaritada minus belgisi bilan ko‘rsatiladi) — Qorag‘iyo (—132 m), Qoplonqir (-70 m), Sariqamish(-45 m).

14. Toshkentda yiliga ikki marta — 21-mart va 23-sentabrda, ya’ni butun yer sharida kun-tun teng vaqtida kunduzi bilan tun baravar bo`ladi.

15. Ekvatorda yil bo‘yi kun-tun bab-barobar — deyarli 12 soat kunduzi, 12 soat kechasi. Soat 6 da kun chiqadi, kech 6 da botadi.

16. Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» she’rida Amudaryo va Sirdaryo zar kokilga o‘xshatilgan.

17. Osiyo qit’asining geografik markazi Qizil shahrida (Tuva AR).

18. Tuyaqush va pingvinlar ucholmaydi. Tuyaqushlar Afrikada (straus), Janubiy Amerikada (nandu) va Avstraliyada (emu) yashaydi. Ularucholmasa ham tez yuguradi. Pingvinlar Antarktida qirg‘oqlarida bemalol suzib yuradi.

19. Novaya Zemlya orolini Barens dengizi (Yevropaga qaraydi) va Kara dengizi (Osiyoga qaraydi) o‘rab turadi.
Категория: Dunyo mamlakatlari haqida - osiyo yevropa okeyanlar | Просмотров: 55 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт