Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 19.02.2020, 04:00


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

15:55

Toshkent osmonidan noma’lum jism uchib o‘tdi (video)

Joylandi: 19.05.2017 | 15:55

19-may, juma kunga o‘tar kechasi Toshkent osmonida noma’lum jism ko‘rindi. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zolari ma’lum qildi.

Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi qiz taxminan tungi 12:30 larda osmonda ko‘ringan uchar jism videosini joyladi. “Bu samolyot va mushakbozlik emasligi aniq”, — deb yozdi u.
Foydalanuvchilarning ba’zilari uning raketa ekanligini taxmin qildi. Ammo boshqalar raketa gorizontal tarzda uchmasligini ta’kidlab, uni asteroid yoki meteorit deb atadi.
Ba’zilar esa voqeani hazilga olib, o‘zga sayyoraliklar tashrifi bilan bog‘ladi.
Hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumotlar berilganicha yo‘q.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 581 | Добавил: OMONXON | Рейтинг: 5.0/5

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт