Logotype
Главная | Регистрация | Вход Shanba, 06.06.2020, 22:05


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

10:36

Toshkent shahrida mobil internet tezligi oshirildi


Joylandi: 09.04.2020 | 10:36

2020 yil 6 apreldan 7 aprelga o‘tar kechasi «O‘zbektelekom» AKning «UzMobile» filiali texnik xizmati Toshkent shahrida uyali aloqa tarmog‘ini modernizasiya qilish va kengaytirish, shuningdek LTE qamrov zonasini kengaytirish loyihasi bo‘yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Natijada, LTE Internet standartidan foydalanish tezligi sezilarli darajada oshirildi, deyiladi Uztelecom xabaarida.

Mobil internet har qanday vaziyatda tengi yo‘q yordamchi hisoblanadi. Ishga oid muammolarni hal qilish, muhim ma’lumotlarni tez va darhol olish kerak bo‘lganda, o‘z-o‘zini izolyasiya qilish sharoitida Internet tezligi muhim rol o‘ynaydi. Mobil internet tezligi va ishonchliligi tufayli biz doimo aloqada bo‘lamiz va kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga egamiz.

Shu sababdan, Kompaniya texnik jamoasi karantin davrida ham, barcha zarur xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni davom ettirmoqda.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – barcha mavjud 2G/3G baza stansiyalarini LTE (4G) standartiga o‘tkazish, bu esa o‘z navbatida UzMobile abonentlari uchun keng polosali mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tezligini va imkoniyatini oshirishdan iborat bo‘lib, shubhasiz, karantin davrida aholi uchun juda muhimdir.

2020 yil 6 apreldan 7 aprelga o‘tar kechasi LTE tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlar yakunlandi, bu natijada esa LTE standartidagi mobil internet tezligini oshirishga imkon berdi.


Shuningdek, yil boshidan Bekobod, Bo‘ka, Pskent, Ohangaron, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlaridagi mavjud barcha baza stansiyalarini LTE (4G) texnologiyasiga modernizatsiyalash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yakunlandi.

Ta’kidlash joizki, tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida ishlar rejalashtirilgan.

Manba: Terabayt.uz
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 467 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Toshkent shahrida mobil internet te | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт