Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 05.08.2021, 07:21


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

23:57

Toshkentda 1,5 asrning eng issiq havo harorati qayd etildi


Joylandi: 09.07.2021 | 23:57

Toshkent shahrida 5 va 7-8 iyul kunlari oxirgi 150 yillikdagi aynan shu kunda qayd etilgan eng issiq havo harorati rekordlari yangilandi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida 150 yildan buyon havo harorati qiymatlari muntazam kuzatib kelinadi. Iqlim o‘zgarishi natijasida dunyoda iqlim isishi tezlashdi. Avvalroq O‘zgidromet 1 iyul kuni 3-8 iyul kunlari O‘zbekistonda o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yordan 5-8 daraja yuqorilashi haqida ogohlantirish xabarini bergandi.
 
Toshkent shahrida iyul oyi boshlarida kuzatilgan kunlik havo harorati o‘tmishda rekord issiq qiymatlar qayd etilgan aynan o‘sha kundagi kunlik o‘rtacha haroratdan ancha ko‘tarilgani qayd etildi. Kunlik maksimum qiymatlar bilan birgalikda sutkalik o‘rtacha havo haroratlari ham yuqorilamoqda. 

Masalan, 1881 yil 6 iyul kuni Toshkent shahrida aynan shu kun uchun mutlaq rekord qayd etilgan (+44,1°S). Lekin, o‘shanda o‘rtacha sutkalik havo harorati ancha past qiymatda kuzatilgan (+28,1°S). 2021 yil 6 iyul kuni sutkalik maksimal havo harorati rekord ko‘rsatgichdan ancha past (+41,5°S) qayd etilgan bo‘lsada, o‘rtacha sutkalik havo harorati 1881 yildagi o‘rtacha sutkalik havo harorati qiymatidan qariyib 5,5 darajaga yuqori kuzatilgan. 

Joriy 2021 yilning o‘tgan iyun oyida respublika hududlarida o‘rtacha oylik havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yordan 1-3 daraja yuqori bo‘lgan.

Bu kunning tungi paytlarida ham havo haroratining yaqqol ko‘tarilib ketishida namoyon bo‘lmoqda. Tungi haroratlarning ko‘tarilishi havoga ko‘p miqdorda is va boshqa iflos gazlarning me’yordan ko‘p chiqarilishida, ya’ni issiqxona effekti jarayonida vujudga kelmoqda. 

Issiqxona effekti iqlim isishini yuzaga keltirib, sutka davomidagi maksimal va minimal havo harorati qiymatlari orasidagi farqni kamaytirmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘rtacha sutkalik havo harorati qiymatini yuqorilashiga olib kelmoqda.

Umidjon Nozimjonov

 

Manba:http://www.qalampir.uz

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 91 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Toshkentda 1, 5 asrning eng issiq havo harorati q | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт