Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 05.06.2020, 19:48


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

23:19

Toshkentda avtobus urib yuborishi oqibatida keksa pensioner halok bo‘ldi

Joylandi: 13.04.2017 | 23:19

Toshkentning Chilonzor tumani 19-mavzesida 11-aprel kuni o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 80 yoshli erkak Isuzu avtobusi g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, avtobus Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli bo‘lgan.
“YTH yuz bergan kunda obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari guruhi Chilonzor tumanida hasharda bo‘lgan. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, avariya yuz bergan vaqtda avtobus haydovchisi to‘la hushyor bo‘lgan”, — dedi YHXB matbuot xizmati vakili.
Qayd etishlaricha, keksa fuqaro avtobusning kuchli zarb bilan kelib urilishi natijasida hodisa joyida halok bo‘lgan.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 470 | Добавил: OMONXON | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт