Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 19:35


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

22:47

Turmush o`rtog`im bilan o`rtamizda hissiyotlar yo`q...


Joylandi: 09.04.2017 | 22:47

– Turmush qurganimizga bir necha yil bo`ldi. Erim bilan yaqinlik vaqti biror bir hissiyot uyg`onmaydi. Ba`zan buni sezdirib qo`yib, ikkimiz aytishib qolamiz. Munosabatlarimizga sovuqlik tushmasin, juftimning mendan ko`ngli qolmasin deb, o`zimni har ko`yga solaman. Biroq bu qachongacha davom etadi... Nega nozik masalalarda biror bir o`zgarishni sezmayman? Balki bu xastalikdir?
Ismi sir tutildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, jinsiy hayot olib boruvchi ayollarning aksariyati yaqinlik vaqti qoniqish hissi qachon boshlanishi, qanday kechishi va qay tariqa yakunlanishi to`g`risida etarlicha axborotga ega emaslar. Ayrimlar lazzatlanish yaqinlik so`ngida paydo bo`ladi, deb tushunsa, kimdir bu holatning aksini to`g`ri deb biladi. Ammo nozik munosabatlarda hech qanday hissiyotlarni anglolmaydiganlar ham yo`q emas. Xo`sh, bunday vaziyatda nima qilish kerak? Mutaxassis tavsiyalari orqali mushtariymizning murojaatiga aniqlik kiritishga urinib ko`ramiz.
Individual yondashuv
Har bir inson organizmi o`ziga xos tarzda tuzilgan. Qolaversa, temperament masalasini ham unutmasligimiz lozim. Shundan kelib chiqib, kimdadir lazzatlanish hissi yaqinlik boshlanganidan so`ng, bir necha daqiqa o`tib yuzaga kela boshlasa, kimlardadir munosabatlar nihoyalayotganida paydo bo`ladi. Umuman olganda hissiyotlarning avjiga chiqqan payti bir necha daqiqa davom etadi. Uni ilg`ab olish yoki shu paytda qoniqish hosil qilish esa har kimda turlicha. Erkak xohish-istaklarini xatti-harakatlari orqali bildirganida ayol uni rag`batlantirib turishi lozim. Shundagina o`zaro uyg`unlik hosil bo`ladi. Juftingiz sizdagi kayfiyatsizlikni payqamay qolmaydi. Va bu holat unga qattiq ta`sir ko`rsatishi, o`zini etarli darajada e`tibor ko`rsata olmayotgan deb bilishi mumkin. Bu holatning tez-tez takrorlanishi esa erkak jinsiy quvvatining so`nishiga olib keladi. Anglaganingizdek, yoringizning harakatlariga diqqat qilib, kerak paytda to`g`ri muomala qilishni biling.
Mushaklar zo`riqmasa...
Yaqinlik vaqti tana bo`shashgan bo`lishi kerak deyilsa-da, munosabatlarga kirishishdan avval mushaklarni salgina zo`riqtirish ham foydadan holi bo`lmaydi. Buning uchun qorin, oyoq va dumba sohasi mushaklarini engil harakatlar yordamida harakatga keltirish zarur. Mushaklar qisqarishi butun tanada, xususan jinsiy a`zolarda qon aylanishini faollashtiradi. Bu esa jinsiy aloqa vaqti qoniqish hissining paydo bo`lishiga yordam berishi mumkin.
Xayollarni nari qiling
«Hisobotni yakunlamadim, ertaga aniq gap eshitaman», «Boya qaynonam nega qovog`ini uydi menga?» yoki «Ovsinimning qiziga sovchi kelibdimi, qiziq kimlar ekan-a?» kabi o`ylar bilan yaqinlikka kirishish, munosabatlarning ko`ngildagidek tugallanmasligi uchun etarli asosdir. Qolaversa, xayolingiz maishiy masalalar bilan band bo`lganida yaqinlikdan zavqlanish ikkinchi o`ringa o`tib qolishi tabiiy hol. O`zgarishlar juftingizning ham nazaridan chetda qolmaydi, ishonavering.
To`sqinlik qiladi...
– Jinsiy a`zolardagi kasalliklar;
– Stress, asabiylik, psixologik omillar;
– Yaqinlikdan xavfsirash;
– Juftiga nisbatan ko`ngilsizlik;
– Gormonal o`zgarishlar;
– Jinsiy a`zolarning me`yorda rivojlanmasligi.
Bular orasida eng ko`p tilga olinadigani ruhiyat bilan bog`liq bo`lganlaridir. His-tuyg`ularga beriluvchan ayollar turmushdagi muammolarni yotoqqa olib kirishadi-da, nozik munosabatlarda «qurol» sifatida foydalanishadi. Aslida esa ro`zg`or tashvishlari o`z «g`ori»da qolishi lozim.
Tet-a-tet
Avvalo nozik munosabatlarda sizni tashvishga solayotgan holatlar haqida o`ylab ko`ring. Aynan nimadan ko`nglingiz xijil?
Ilgari yaqinlik borasida muammo bo`lganmi? U nima sababdan kelib chiqqandi, eslab ko`ring?
Juftingizning qaysi xatti-harakati va qanday muomalasidan zavqlanasiz? Bu haqda o`ziga aytganmisiz?
Munosabatlarda siz qanday vazifani bajarasiz? Yoringiz biror harakatingizga e`tiroz bildirgan yoki ranjigan paytlari bo`lganmi? U nima edi, o`ylang.
Qachondan boshlab, hissiz malakka aylanib qolayotganingizni sezdingiz? Balki bunga biror voqea ta`sir qilgandir?
Inson tanasidagi erogen nuqtalar (maylni qo`zg`atuvchi) haqida eshitganmisiz? Ulardan qay tariqa foydalanishni-chi, bilasizmi?
Yaqinlikka tayyorgarlik ko`rasizmi? Tungi libos, pardoz-andoz degandek?
Mazkur savollar shunchaki tuzilgan so`rovnoma emas. Yaqinlik borasida muammo borligidan bezovta bo`lgan ayol borki, o`zi uchun kichik imtihon o`tkazishi mumkin. Har bir savolga javob berishda «Shu vaziyatni to`g`irlash uchun nima qilolaman va nimalarni qilib ko`rdim?» degan masalani ham tahlil qiling. Bordi-yu, muammo sog`ligingizdagi o`zgarishlarda, xususan biror xastalikda bo`lsa, davolanishni kechiktirmang. Gohida biz oddiy deb bilgan kasalliklar ham nozik munosabatlarga nisbatan xohishni so`ndiradi. Muammoni hal etishga qiynalayapsizmi, u holda mutaxassisga yuzlaning.
Tushuntiring...
Erimning ko`ngli qolmasin deb soxta kayfiyat paydo qilish, oxir-oqibat siringizni fosh qiladi. Axir hamisha ham ayyorlik qilolmaysiz. Qolaversa, erkaklar ham anoyi emas, haqiqiy hissiyot bilan bo`rttirilganini ajrata olishadi. Bu esa yuqorida aytganimizdek juftingizning hamiyatiga tegishi mumkin. O`zingizdagi holatlarni tushunolmayapsizmi, turmush o`rtog`ingiz bilan yuzma-yuz gaplashib oling. Ehtimol masalaning echimini birga izlarsizlar. Cho`chimang, axir u jufti halolingiz, uning uchun qayg`urayotganingizni, ayollik vazifangizga jiddiy yondashayotganingizni bilsin, shunga ko`ra xulosa qiladi. Balki u ham sizga nisbatan muomalasini ko`rib chiqar. Bu ham biror natija bersa ajab emas.
O`z ustingizda ishlang...
Kun tartibingizni ko`rib chiqing, vaqtida dam olayapsizmi, ish yuklamasi me`yordan ortib ketmayaptimi, asabiylik domiga tushib qolmaganmisiz, yaqinlaringiz bilan munosabatlaringiz qanday? Ba`zan tanangizga ozroq dam berish orqali ham muammo deb bilgan vaziyatlarga osongina echim topishingiz mumkin. Yoki xayollarni band qilgan noxush o`ylarni bo`shatish yordamida engillikni his etasiz.
Hissizlik – kasallik?
Shunday bo`lishi ham ehtimoldan holi emas. Bu tibbiyotda anorgazm nomi bilan atalib, yaqinlik vaqti ayolda munosabatlarga kirishish istagi kuzatilmaydi. Anorgazmni keltirib chiqaruvchi sabablar haqida yuqorida aytib o`tdik. Uni bartaraf etishda esa mutaxassis ko`magi talab etiladi. Yaqinlik masalasidagi muammolar har bir juftlikda uchrashi mumkin. Muhimi, ortiqcha xayollarga berilmay o`z vaqtida va to`g`ri echim topa olish darkor.

Androlog-seksopatolog Dilmurod ERGAShEV tavsiyalari asosida MARJONA tayyorladi.
Категория: Sevgi dunyosi / Sevgi haqida | Просмотров: 1438 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/4

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт