Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 23.09.2020, 20:22


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

22:31

Uyqusizlik, yo‘tal va bosh og‘rig‘ini dorilardan ham yaxshiroq davolay oladigan tabiiy mahsulotlar


Joylandi: 15.09.2020 | 22:31

Tibbiyot sohasi hali rivojlanib ulgurmagan paytlarda shifokorlar tabiiy mahsulotlar bilan bemorlarni davolagan. Insonlar orasida keng tarqalgan bir necha kasalliklarga qarshi kurashishda 6 ta mahsulot qo‘l keladi. Albatta, shifokor bilan maslahatlashgan holda tabiiy mahsulotlar bilan dardga shifo topishni unutmang.

 

Yo‘talga qarshi

Bir necha bo‘lak qora shokolad yo‘talni siroplarga qaraganda ancha yaxshi davolaydi. Xal universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shirinlik tarkibidagi alkoloid tebromin bo‘g‘izdagi asab tolalarini o‘rab, yo‘talni kamaytiradi. Yo‘tal boshlangan zahoti qora shokolad tanovul qilish yaxshi samara beradi.

Bosh og‘rig‘i

 

Spirtli ichimlikdan so‘ng paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i, karaxtlik kabilarga xlorella – oqsil va yog‘ga boy, mayda suv o‘ti juda yaxshi yordam beradi. Ushbu mahsulot tez orada o‘z natijasini ko‘rsatishi shubhasiz. Uni dorixonalardan xarid qilish mumkin. Suv o‘ti kukuniga suv va limon aralashtirilib ichiladi. Faqat me’yorni oshirib yubormaslikni yodda saqlash kerak.

Kariyesdan himoyalanish uchun

Lavlagi sharbati kariyesni himoya qilishga qodir va tish emalini tashqi ta’sirga nisbatan kuchli hamda chidamli qiladi. Tishlarning asosiy dushmani hisoblangan sut kislotasi bakteriyalari tufayli bir qancha kasalliklar kelib chiqadi. Shuning uchun ham har kuni birozdan bo‘lsa ham lavlagi sharbati ichishga odatlanish zarur. Bu tishlar uchun foydali.

Uyqusizlikka qarshi

 

Ayrim insonlarda uxlash katta muammoga aylangan. Ularni ko‘proq uyqusizlik qiynaydi. Buning eng yaxshi usuli kechki ovqatga qovurilgan tuxum tanovul qilish. Aminokislota triptofanga boy bo‘lgan ushbu mahsulot uyqu sifatiga nihoyatda foydali ta’sir ko‘rsatadi va uyqusizlikni yengishga yordam beradi. Asosiysi, uyqudan bir necha soat oldin tuxum iste’mol qilishni unutmaslik.

Diqqatni jamlash uchun

 

Qattiq charchoq ba’zida diqqatni jamlashga xalaqit beradi. Bunday vaqtda qahva ichishga shoshilmaslik zarur. Aksincha, bir stakan apelsin sharbati foyda beradi. Mutaxassislar fikricha, apelsin sharbati insonning aqliy hamda jismoniy holatini yaxshilaydi.

Uzoq umr ko‘rish uchun

 

26 oy davomida haftasiga ikki marotaba  baliq yoki dengiz mahsulotlari iste’mol qilinsa, inson salomatligi yaxshilanib, o‘z-o‘zidan umri uzayishiga sabab bo‘ladi. Bu Garvard universiteti olimlari tomonidan 16 yil davomida olib borilgan tadqiqot natijasi. Har kim buni o‘zida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 85 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: yo‘tal va bosh og‘rig‘ini dorilarda, uyqusizlik | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт