Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 29.03.2020, 17:59


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

01:39

Uysiz-joysiz, giyohvand erkak oradan 13 yil o`tib, multimillionerga aylandi..


Joylandi: 11.11.2016 | 01:39

Hozirgi kunda Xalil Rafatiy AQShning Los-Anjeles shahridagi Sunlife Organics kompaniyasining rahbari bo`lib, uning 6 ta fitobari, sharbat ishlab chiqaradigan shaxsiy korxonasi mavjud, deb xabar qildi“ Nonbox.ru” nashri.
Xalil Rafatiy Ogayo shtatida voyaga etgan bo`lsa-da, farovon hayot orzusida Los-Anjelesga ko`chib o`tadi. Undagi savdo-sotiqqa bo`lgan qiziqishi farishtalar shahrida o`z o`rnini topishga yordam beradi. Xalil sport avtomashinalari savdosini yo`lga qo`yadi, tez orada ishlari yurishib ketadi. Ilgari buncha pulni qo`liga ushlamagan Xalil aysh-ishratga berilib, giyohvandga aylanadi. 2001 yilda Xalil ko`p miqdorda giyohvand modda iste`mol qilgani tufayli vafot etishiga bir bahya qoladi. U juda qisqa muddatda omadli tadbirkordan uysiz-joysiz, giyohvandga aylanadi
Ammo u davolanishga o`zida kuch topa oldi. Xalil reabilitasiya markazida davolangach, hayotini boshqatdan, toza sahifadan boshladi. Uni do`stlaridan birida kuchli energetik quvvatga va vitaminlarga boy sharbat bilan tanishtiradi. Shundan keyin Xalilda sharbat ishlab chiqarish g`oyasi tug`iladi. U banan va xurmodan tayyorlangan “Rosomaxa” sharbati savdosini yo`lga qo`yadi. Shifobaxsh sharbat haqidagi yangilik bir zumda tarqaladi. Odamlar ataylab bu sharbatni tatib ko`rish uchun kela boshlashadi, Xalilning savdosi yurishib ketadi. Shundan keyin Xalil sharbat ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kompaniya ochadi. U 10 yilda qudratli sharbat imperiyasini yaratib, uning eng boy egasiga aylandi. Hozirda uning kompaniyasi 32 xil turdagi sharbat va yogurtlarni ishlab chiqarmoqda.
Xalil Rafatiy yordamga muhtoj insonlarni o`ylab o`tirmay, kompaniyasiga ishga oladi, chunki bundan 13 yil muqaddam uysiz-joysiz ko`chada qolganda do`stlari yordam qo`lini cho`zganini hech qachon unutmaydi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1073 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: oradan, giyohvand, multimillionerga, otib, yil, erkak, 13, aylandi.., Uysiz-joysiz | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Рекомендуемы
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт