Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 31.03.2020, 03:31


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

11:11

Video: Makkada koronavirus tufayli ziyoratchilarning Ka’ba atrofidagi maydonga o‘tishi vaqtincha cheklandi


Joylandi: 06.03.2020 | 11:11

Saudiya Arabistoni podshohligi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat fuqarolari va doimiy istiqomat qiluvchi xorijliklarga (rezidentlarga) ham Umra amalini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar berilgandi. AFP xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Ka’ba tavof etiladigan asosiy maydonga ziyoratchilarning kirishi cheklangan. Cheklov Umraga ruxsat berilguniga qadar amalda bo‘lishi aytilmoqda.

2-fevral kuni Saudiya Arabistonida koronavirusning dastlabki holati qayd etilgan edi. 5-fevralga kelib mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni 5 kishiga yetgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining ma’lum qilishicha, kasallikka chalinganlarning beshalasi ham Eronda bo‘lib kelgan. Koronavirus eng ko‘p tarqalgan 7 ta davlat fuqarolariga Saudiya Arabistoniga kirish vizalari berilmayapti.

Ta’kidlanishicha, Masjid ul-Haromda keng miqyosda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Qayd etish kerak, masjid yopib qo‘yilgani yoki bo‘shab qolgani haqida asossiz xabarlar ham tarqalmoqda. Ammo ehtiyot chorasi sifatida Baytullohning faqatgina Ka’ba atrofidagi ochiq maydonida ziyoratchilarning to‘planishi cheklangan bo‘lib, ziyoratchilar masjidga kirib ibodat qilishlari uchun to‘siq yo‘q.

Islom dunyosining bosh masjidida o‘rnatilgan ventilyatsiya filtrlari kuniga 9 martadan tozalanmoqda, zamzam suvi tozaligiga e’tibor kuchaytirilgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 219 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Video: Makkada koronavirus tufayli | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Рекомендуемы
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт