Ziyo-Music.Com
Yakshanba, 18.08.2019, 02:08
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 6515
Статистика

Xozir saytda: 21
Mexmonlar: 21
Foydalanuvchilar 0

12:00

XOH IShONING, XOH IShONMANG…


Joylandi: 05.08.2019 | 12:00

SARIMSOQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR



1. Botaniklar nuqtai nazarida sarimsoq piyozning qarindoshi hisoblanadi.

2. Sarimsoq qadimda O'zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda ilk bor yetishtirila boshlangan.

3. Seleksiyachi olimlar allaqachon sarimsoqning bo'lakchalarga bo'linmaydigan navini yaratishgan.

4. Fransiyaning Gaskon viloyatida sarimsoqli sho'rva pishiriladi. Biroq bu sho'rvani boshqa xalqlar vakillari icha olishmasligi aniq.

5. Sarimsoq xalq tabobatida ko'plab xastaliklarga qarshi keng qo'llaniladi.

6. Dunyo bo'yicha eng ko'p sarimsoq iste'mol qiluvchi davlatlar Xitoy, Koreya va Italiya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda yashovchilar kuniga o'ntadan ko'proq sarimsoq bo'lagini yeb bitiradi.

7. Qadimiy Hindistonda sarimsoqdan shifobaxsh dori sifatida foydalanishgan. Ammo hidi tufayli ovqatga hech qachon solishmagan.

8. Sarimsoq antibiotiklarga boyligini olimlar XIX asrdayoq aniqlab ulgurishgan.

9. 2009 yili Xitoyda cho'chqa grippi xastaligi ko'payib ketgach, xalq tabobati vakillari bu xastalikni sarimsoq yordamida davolay boshlashdi. O'shanda Xitoy bo'yicha sarimsoqning bozordagi bahosi oldingisiga nisbatan 40 baravarga oshib ketgan.

10. Sarimsoq haqiqatan juda ko'p kasallik tarqatuvchi bakteriyalarning kushandasidir.

11. Qadimda sarimsoq yovuz ruhlarni haydaydi deb o'ylashgan. Shu sababli quritilgan sarimsoqni uylar tuynuklari, eshiklar tepalariga ilib qo'yishgan.

12. Qadimiy Rimda askarlarning taomiga albatta sarimsoq qo'shishgan. U nafaqat kasallikka barham beradi, balki askarga jasurlik va qo'shimcha quvvat beradi deb hisoblashgan.

13. 1720 yili Fransiyada o'lat tarqalgan. O'shanda sarimsoq uksusga aralashtirgan holda bemorga berilgan. Shu narsa Fransiyada qisqa fursat ichida o'lat yo'qolishiga sabab bo'lgan.

14. Sarimsoq immunitetni ko'tarish va qonni suyultirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, uning tarkibida kaliy, temir, kalsiy, magniy, margans va boshqa foydali moddalar istagancha topiladi.

15. Olimlar aniqlashganki, sarimsoqni ko'p iste'mol qiladigan odam yurak xastaligiga chalinmas ekan.

Olimjon HAYIT tayyorladi
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 49 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
добро пожаловать,
Логин:
Пароль:
Поиск
Категории раздела
Boy bo'lish uchun / Pulni ko'paytirish [20]
Dunyo yangiliklari [1431]
Sport yangiliklari [1143]
Yurtimiz yangiliklari [872]
Shou bizness yangiliklari [343]
Turfa olam [38]
Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar [593]
Tehnologiyalar [356]
Avtomobil olami [68]
Wapmasterlar uchun [33]
Munajjimlar bashorati [78]
Qo'shiq Matni [146]
Salomatlik sirlari [248]
Foydali Maslaxatlar [1106]
Ayollar Uchun [121]
Erkaklar uchun [44]
Bolalar salomatligi [50]
Keksalar salomatligi [4]
Burjlar olami [2]
Kompyuter Dasrliklari [23]
Yulduzlar biografiyasi [33]
Testlar, Psixologiya [101]
Pazandalik sirlari [198]
Mobil telefon sirlari [61]
8-martga sherlar, tabriklar [3]
21-mart navro'z bayramiga tabrik va sherlar [3]
1-aprel hazillari/ 1-aprel uchun hazil gaplar [3]
Sevgi dunyosi / Sevgi haqida [16]
Dunyo mamlakatlari haqida - osiyo yevropa okeyanlar [12]
Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji [143]
Qiziqarli maqolalar va Fikr mulohazalar [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [1]
SOCH TO'KILISHI HAQIDA / СОЧ ТУКИЛИШИ ХАКИДА [24]
Eng yangi super latifalar / Латифалар олами [13]
Календарь
«  Avgust 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей